|
Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari
|
bet | 147/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab etadi.
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.
Binobarin mustaqillik tufayli ko‘hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shart- sharoitlar vujudga keldi.
O‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, o‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq hayotiga tadbiq etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o‘zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim-tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz
tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir.
Pedagogika tarixi fani bo‘limlari:
O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari pedagogika tarixi. Ushbu bo‘limda qadimdan boshlab to hozirgi kunga qadar yashab ijod etgan mutafakkirlar, qomusiy va hadisshunos olimlar, ma’rifatparvar pedagog olimlar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat kabi O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari olimlarining hayoti, ijodiy faoliyati; maktab, maorif, ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shgan hissasi bilan tanishib o‘tamiz.
Chet el pedagogika tarixi bo‘limida chet el pedagoglaridan Yan Amos Komenskiy, Jon Lokk, Jan Jak Russo, Iogann Genrix Pestalotstsi, Konstantin Dmitriy Ushinskiy, Aleksandr Semenovich Makarenko, Lev Nikolaevich Tolstoy va boshqalarning faoliyati va pedagogika sohasidagi qarashlari bilan tanishamiz.
|
| |