Vazirligi urganch davlat




Download 0,96 Mb.
bet117/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Abdulla Avloniy o‘z asarlarida “Vatan” tushunchasiga ta’rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: “Har bir kishining tug‘ulub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi – tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...
Biz turkustonliklar vz vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerdlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi


76 Yusupоv E. Insоn kamоlоtining ma’naviy asоslari. – Tоshkеnt, Univеrsitеt, 1998. – B. 148.


77 Karimоv I.A. O’zbеkistоnning o’z istiqlоl va taraqqiyot yo’li. – Tоshkеnt, O’zbеkistоn, 1992. – B. 76.
yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi”.78Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi ko‘nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni topa olmaydi. SHu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.
Baynalminallik (“inter” – orasida, o‘rtasida, aro, “natio” – xalq) o‘zga millat va elatlarning haq-xuquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.
O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiya ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferantsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish, kinofilmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.
O‘quvchilarda baynamlinallik tuyg‘usini shakllantirishda ta’lim muassasalari qoshida faoliyat yurituvchi “Do‘stlik klubi”ning ta’siri kattadir. Binobarin, turli millatlarga mansub bolalar o‘rtasida do‘stlik aloqalarining bog‘lanishi ularda bir- birlariga nisbatan hurmatni qaror toptiribgina qolmay, o‘zga millat yoki elatlarning urf-odatlari, an’analari, tili, madaniyati va qadriyatlarini puxta o‘rganishga ko‘maqlashadi. Bu boradagi bilimlar esa ularda shovinistik (millatchilik) kayfiyatining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat yuritayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o‘quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik tarbiya ning ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi “Vatanparvar” o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy hamda harbiy- vatanparvarlik tarbiya ni tashkil etish ular tomonidan Vatanni himoya qilish dek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.

    1. Download 0,96 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   301




Download 0,96 Mb.