|
kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi
|
bet | 160/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan O‘rxun- Enasoy bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab Enasoy havzasida, so‘ngra Mo‘g‘ilistonning O‘rxun daryosi bo‘yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o‘qigan. V.Tomsondan so‘ng olimlar – N.M.Yadrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O‘zbekistonda Oybek, O.Sharafuddinov, N.Mallayev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar O‘rxun-Enasoy bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma’lumki, eramizning VI asri o‘rtalariga kelib, Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Xoqonlik 604-yilda Sharqiy va G‘arbiy xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa Turk xoqonligi barham topgan.
Turk xoqonligi asosan uch kishi: Bilga xoqon (Mog‘iliyon), Kultegin, Toʻnyuquqlar tomonidan boshqarilgan. Bilga xoqon (Mog‘iliyon) – xoqon, Kultegin – sarkarda, Toʻnyuquq esa – vazir bo‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan. 110
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko‘rsatilgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. O‘z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash xoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari – Bilga xoqon, lashkarboshi Kultegin, ma’naviy otalari Toʻnyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta’rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi. U o‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo‘ygan shaxs. Kultegin Eltarish xoqonining kichik o‘g‘li. U 713-yil 27-fevralda qirq yetti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732- yilda o‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga
110 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (2-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 286 b.
xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug‘iliyon bo‘lgan. Bitikni Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin yozgan. Demak, bitikning muallifi ham ma’lum.
|
| |