• Ibn Sino axloqlilikning asosini
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet171/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
    Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlarini qayd etadilar.
    Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o‘ziga va boshqalarga nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini o‘rganadi.
    Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta’riflaydi:
    Dunyoda mavjud bo‘lgan jami narsalar tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi.
    Kamolot sari intilishning o‘zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...»
    Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham tahlil etadi va har biriga ta’rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson
    qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo‘ladi, yomon illatlardan o‘zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi-muhabbat, mo‘tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qat’iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
    Qanoat va mo‘tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi; chidamlilik, aqllilikni g‘azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka; sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
    Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini ta’magirlikdan tiysa, mo‘tadillikka rioya qilsa, o‘zida hirsning namoyon bo‘lishini yengadi, inson yomon illatlarni yengishda o‘z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
    Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi: mo‘tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
    saxiylik – yordamga muhtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;
    g‘azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o‘z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   301




    Download 0,96 Mb.