• Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
  • Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari va ularning ahamiyati




    Download 0,96 Mb.
    bet173/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari va ularning ahamiyati.


    Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362-yil 3-zulhijjada (milodiy 973-yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so‘zi
    «tashqari» degan ma’noni anglatadi.
    XIII asr boshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayohatchi va geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko‘ra uning nomiga qo‘shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy laqabini qo‘llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa
    «marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», – degan fikrlarni aytadilar.
    Abu Rayhon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan- madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
    Beruniy Xorazm tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi
    yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U Yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.

    Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.


    Bundan tashqari o‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va geografiya olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi. 995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari va ularning ahamiyati

    Download 0,96 Mb.