• Qizlar maktabi
  • Qorixonalar
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet181/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Tayanch tushunchalar.
    Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
    Rasadxona, observatoriya – astronomik, geofizik, meteorologik va boshqa tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa joylashgan bino. Dastlab ob’ektlarni kuzatish bilan shug‘ullanadigan joy sifatida paydo bo‘lgan, keyin ilmiy tadqiqot muassasiga aylangan. O‘rta asrlarda Sharqda ko‘plab rasadxonalar qurilgan. (O‘zME. 7-tom, 255-bet).
    Renessans – ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotdagi uyg‘onish, ya’ni xalqlar rivojining yuksalish davri. (Sharq renessansi).Unda madaniyatning o‘tmishda erishgan yutuqlarini, xususan, qadimgi Yunon, Hind, Xitoy merosini chuqur o‘rganish va uni joriy rivojlantirish. Tabiatni o‘rganishga qiziqishini orttiradi va tabiiy fanlar taraqqiyoti (astronomiya, geografiya, matematika va h.k)ga samarali ta’sirni ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
    Qizlar maktabi- qizlar maktabi otinbibilar xonadonlarida tashkil qilinar edi. Qizlar maktabida ayolga xos hayo, iffat, odob va yuksak ayollik sifatlari shakllantirilar edi. Otin bibilar qo‘lida tarbiyalangan qizlar oilaviy hayotga mukammal tayyorlanar edi. Qolgan ta’lim mazmuni esa o‘g‘il bolalar maktabi bilan bir xil edi.
    Qorixonalar- qorixona internat shaklidagi maktab bo‘lib, unda turli yoshdagi ko‘zi ojiz bolalar ta’lim-tarbiya olar edilar. Ta’lim mazmunida asosan Qur’oni karimni yod olish, Qur’oni karimdagi sura va oyatlarni xalq ommasiga o‘qib berish edi. 1882-yili Farg‘onadagi bu maktablarda 252 talaba ta’lim oldi.
    Halilxona – kattalar maktabi bo‘lib, talabalar domla rahbarligida arab tilini o‘rganar edilar. Bu maktab uchun asosiy darslik «Dalali-hayrat» (Muhammad payg‘ambar haqida yozilgan to‘plam) hisoblanardi. Bu to‘plamni o‘qish muddati bir yil edi. Ammo bunday maktab juda kam tarqalgandi. Jumladan, Toshkentda 4-5 ta, Farg‘onada 2 ta, Andijonda ham 2 ta shunday maktab mavjud edi. Maddohlar ko‘chalarda, bazmlarda, jamoatchilik joylarida islom dinini targ‘ib va tashviqot qilar edilar.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   301




    Download 0,96 Mb.