• Temur
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet182/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Temur
    Otinoyi maktablari - qiz bolalarga islom qoidalarini o‘rgatadigan va boshlang‘ich ta’lim beradigan maktablar. Qizlarga boshlang‘ich diniy ta’lim beradigan otinbibi maktablari onitlarning uylarida tashkil etilardi. Bunday maktablar muayyan bir o‘quv rejasi va dasturiga ega emas edi. O‘quvchilar ham snflarga bo‘lib emas, balki bolalarga o‘qitiladigan kitoblarni o‘zlashtirish darajasiga qarab guruhlarga bo‘lib o‘qitilardi.


      1. Movaraunnahrda Amir Temurning markazlashgan davlatining paydo bo‘lishi va uning ilm-ma’rifatning taraqqiy etishidagi roli.


    Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
    Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki, bu davr madaniyati o‘z tamoyillari, yo‘nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX-XII asr madaniyatining davomi sanaladi.
    Shu bois XIV asr oxiri va XV asrlarda Movarounnahrdagi Sharq Uyg‘onish davri madaniy ravnaqini IX-XII asrlardagi madaniy rivojlanishidan ajratib olib ko‘rsatish mumkin emas. XIV asrning uchinchi choragi va XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o‘sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi va ularning boy tajribalari, ijodiy mahoratlaridan ilm- ma’rifat, madaniyat, qurilish jabhalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyatshunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o‘rganishga havas kuchaydi.
    Shuni ta’kidlash kerakki, Temur va uning izdoshlari, temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa Samarqand va Hirot shaharlari madaniyat, ilm- ma’rifat markaziga aylandi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   301




    Download 0,96 Mb.