• «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»)
  • Qutadg‘u bilig
  • Q.Karimov
  • Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000




    Download 0,96 Mb.
    bet175/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, Qoraxoniylar hukmdori Tavg‘achxon (kitobda Tavg‘och Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (xoqon), Abu Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. «Qutadg‘u bilig» asari katta shuhrat qozonadi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni chinliklar (Xitoy) «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar (Sharqiy Turkiston) «Anis ul-mamolik» («Mamlakatning tartib usuli»), eronliklar «Shohnomai turkiy», Sharq elida

    «Ziynal ul-umaro» («Amirlar ziynati»), turonliklar «Qutadg‘u bilig», ba’zilar esa «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar nasihatnomasi») deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi.


    Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. ChunkiYusuf Xos Hojib o‘z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan bilsak bo‘ladi. U o‘z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix,
    tabiiyot, geografiya, riyoziyot, handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqhga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘zini namoyon etdi. Chunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos uslubni yaratdi.
    Qutadg‘u bilig — baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan yetuk didaktik asar ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
    «Qutadg‘u bilig»ning tadqiqotchilaridan biri B.To‘xliyev ta’kidlaganidek, Yusuf Xos Hojib «Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning qator belgilarini ko‘rsatib o‘tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o‘z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chiqib, boshqalar g‘ami bilan yashashi, ko‘pchilik manfaati uchun fidoyi bo‘la bilishdir»1.
    Hozirgacha «Qutadg‘u bilig»ning Hirot, Qohira, Namangan nusxalari ma’lum bo‘lib, Venaga keltirilgan Hirot nusxasini Herman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi.
    1890-yilda V.V.Radlov Vena nusxasini faksimilesini, 1891-yilda shu faksimile asosida matnini nashr qildiradi.
    1896-yilda Qohira nusxasi topilgandan so‘ng, undan ko‘chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxasini qiyoslab, 1910-yilda rus grafikasiga asoslangan to‘liq transkriptsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi.
    1913-yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
    Demak, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarini ilmiy jihatdan o‘rganishga juda ko‘p olimlar hissa qo‘shgan. V.V.Radlov, H.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo‘lsalar, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, I.V.Stebleva, O.A.Valitovalar har tomonlama tadqiq etdilar.
    Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o‘zbek olimlarining xizmati ayniqsa diqqatga sazovor.
    Birinchi bo‘lib professor Fitrat 1924-yilda Namangan nusxasini olib, kutubxonaga keltiradi va u haqda maqola e’lon qiladi.
    «Qutadg‘u bilig»ning mukammal nashri o‘zbek olimi Q.Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mutalliboyev, N.M.Mallayevlarning xizmati katta.
    «Qutadg‘u bilig»ning hozirgi o‘zbek tilidagi bolalarbop bayoni esa Boqijon To‘xliyev tomonidan nashr etildi. Yusuf Xos Hojibning axloqiy didaktikasi Q.Karimov, Y.Jumaboyev tomonidan har tomonlama tadqiq etildi.
    Qoraqalpog‘istonlik Axmetova A.K. esa «Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari» to‘g‘risida ilmiy ish olib bordi.


    1 To’хliеv B. Yusuf Хоs Hоjibning «Qutаdg’u bilig» аsаrigа so’zbоshi. Ko’rsаtilgаn аsаr, 6-bеt.



    Download 0,96 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari 6500 baytdan yoki 13000

    Download 0,96 Mb.