|
Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari va tiplari. Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari .Me’yordan og‘ish
|
bet | 259/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari va tiplari. Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari .Me’yordan og‘ish
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan og‘ishgan o‘smirlar og‘ir tarbiyalilar deb ataladi.
Og‘ir tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og‘ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining og‘ishi, biologiyada organizm rivojlanishida og‘ishlik uchraydi.
Deviyatsiya (og‘ishlik) – bir tomondan uni o‘rab turgan inson va atrof- muhitga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasidir. O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. Ilgari aytib o‘tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy xulq O‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning ijtimoiylashuviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat 149 [6] monand keluvchi mikrosotsium bilan uning o‘zaro faoliyatidir.
Agar bolaning atrofidagi muhit o‘smirning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor me’yoriy bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning mikrosotsium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy hamda huquqiy og‘ishganlik ijtimoiy dezadaptatsiyaning (bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan hodisa ko‘rinishlaridan biridir).
Bolalik - o‘smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘ini topgan: Maktab yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, yetim-bolalar, ijtimoiy yetimlar, giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o‘smirlar; jinsiy ahloqsiz o‘smirlar, huquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan o‘smirlar.
|
| |