|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 260/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Deviatsiya tiplari
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi.
Deviant xulq-atvor-xulqiy og‘ishganlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy
149[6] Adekvat – (lotinchadan adacquatus – tenglashgan)- teng, monand, to‘la muvofiq keluvchi
yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi. YA’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressvilik, o‘ziga erk berish, o‘qish va mehnat faoliyatidan tizimli og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid150[7].
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan subyekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
g‘arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat.
Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor
|
| |