|
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
|
bet | 263/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Nazorat uchun savollar va topshiriqlar.
Ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktik faоliyatning vazifalari.
Dеviant хulqli bоlalar bilan asоsiy ijtimоiy pеdagоgik faоliyat turlari. 3.Dеviatsiya (оg’ishganlik) turlari
Dеviatsiya (оg’ishganlik) tiplari
Ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktik faоliyatning vazifalari
Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Axlok me’yorlaridan chetga chikish tushunchasi, tiplari va ularga xarakteristika.
SEMINAR MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1- Seminar mashg`uloti. Pedagogika fan sifatida.
1. “Blits-so‘rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Unga ko‘ra o‘qituvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda, qisqa va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoki juftlikda ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki guruhdoshlari javobni to‘ldirishlari mumkin. Biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim.
Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
2 “Ijodiy ish” metodi talabalarni ijodiy faollikka undash orqali ularda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini yoritish, yangicha talqin qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llash jarayonida talabalarning erkinigi ta’minlanadi, mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ular mavjud bilimlariga tayangan holda o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradilar. Yagona talab talabalar mantiqan to‘g‘ri fikrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarini dalillar bilan isbotlay bilishlari lozim.
|
| |