|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 264/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.223. “Klaster” (“klaster” – g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
Nimaniki o‘ylangan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilguniga qadar davom ettiring.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar kiproq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
4. “Test” (inglizcha “sinov”, “tekshirish”) texnologiyasi shaxsning psixofiziologik va shaxsiy xususiyatlari, intellektual salohiyati, qobiliyat, ko‘nikma va malakalarini tekshirishga xizmat qiladi. Ushbu metod talabalar tomonidan muayyan mavzu mazmuni yoki fan asoslarining qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlashda samarali hisoblanadi.
Mashg‘ulot uchun materiallar:
Mavzu yuzasidan topshiriq.
Blits-so‘rov savollariga javob qaytaring. Talabalarning e’tiborlariga quyidagi savollar havola etiladi :
Pedagoglika qanday fan?
“Pedagog” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
|
| |