• Rotatsiya” metodi
  • Bahs-munozara” metodi
  • - Seminar mashg`uloti. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida. Ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari




    Download 0,96 Mb.
    bet266/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    2- Seminar mashg`uloti. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida. Ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari.




    Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati
    1. “Qarorlar shajarasi” (“Qaror qabul qilish”) texnologiyasi metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondoshuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.

    MUAMMO


    1-g’oya


    2- g’oya


    3- g’oya


    QAROR

    Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to‘ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):


    Mazkur texnologiya quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:

    1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi.

    2. O‘qituvchi o‘quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi.

    3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga kelib oladilar.

    4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga etgach, har bir guruh a’zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar, Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha o‘quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir biri bilan qiyoslaydilar.

    Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi.
    Texnologiyaning o‘ziga xos jihati uning bevosita ma’lum loyiha asosida qo‘llanilishidadir. Mazkur loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:

    “QARORLAR SHAJARASI” metodi

    UMUMIY MUAMMO

    1-qaror varianti

    2-qaror varianti

    3-qaror varianti

    Afzall
    igi

    Kamc
    hiligi

    Afzallig
    i

    Kamchi
    ligi

    Afzallig
    i

    Kamchi
    ligi



















    QAROR:




    1. Rotatsiya” metodi mavzuni kichik guruhlarda o‘rganish, asosiy g‘oyalarni yozma bayon qilish hamda guruhlar tomonidan taqdim qilingan ishlarni jamoa ishtirokida tahlil qilish imkonini beradi. Mashg‘ulot jarayonida metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: 1) o‘rganilayotgan mavzuga doir topshiriqlar yozma ravishda bayon qilinib, yozuv taxtasiga osib qo‘yiladi; 2) talabalar topshiriqlar soniga ko‘ra guruhlarga biriktiriladilar; 3) guruhlar ixtiyoriy ravishda topshiriqlar paketini tanlaydilar va topshiriqni bajarishga kirishadilar; 4) topshiriqning echimi yozma bayon qilinadi va guruh ishining ajratib olish oson bo‘lishi uchun paket ustiga maxsus belgilar qo‘yiladi; 5) topshiriqning echimi bayon qilingan paketlar guruhlar o‘rtasida o‘zaro almashtiriladi; 6) barcha topshiriqlarning mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganilib bo‘lgach, topshiriqlar paketlari yig‘ib olinadi va echimlar umumlashtiriladi; 7) echimlar jamoada muhokama qilinib, eng to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

    2. Bahs-munozara” metodi ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan muayyan vaqt oralig‘i va qat’iy qoidalarga muvofiq tashkil etiladigan og‘zaki bahsi bo‘lib, talabalarda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha erkin, asosli fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv mashg‘ulotlarida bahs-munozaradan foydalanishda mavzuga doir ma’lum masalalar hal qilinadi. Metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: 1) bahs-munozara uchun tanlanadigan mavzu (masala) talabalarga oldindan ma’lum qilinadi; 2) jarayon boshlovchi tomonidan boshqarilib boriladi; 3) talabalar individual yoki guruh (juftlik) nomidan bahs yuritilayotgan masala bo‘yicha shaxsiy mulohazalarni bayon qiladilar; 4) bahsda masalaning mohiyati, echimi bo‘yicha bir-biriga zid fikrlar ilgari suriladi; 5) echim bo‘yicha asosiy fikrni bayon etadigan talabalarga 10 minut, qo‘shimcha qilish istagida bo‘lganlarga esa 5 minutdan vaqt beriladi; 6) bir talabaga ikki marta so‘zga chiqishga ruxsat etilmaydi; 7) boshlovchi talabalarning mavzudan chetga chiqmasliklarini qat’iy nazorat qilib boradi, bordi-yu, shunday holatlar sodir etilsa, so‘zlovchilar bu haqida ogohlantiriladilar; 8) bahs-munozara yuzasidan yakuniy xulosa boshlovchi tomonidan bildiriladi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Seminar mashg`uloti. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida. Ta’lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari

    Download 0,96 Mb.