|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 274/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.225- Seminar mashg`uloti. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni.
1. “Nilufar guli” texnologiyasi didaktik muammolarni echishning samarali vositalaridan biri bo‘lib, shaklan nilufar guli ko‘rinishiga ega. Yagona asos hamda unga birikkan jto‘qqizta “gul barg” (kvadrat, to‘rtburchak yoki aylanalar)larni o‘z ichiga oladigan mazkur metod yordamida etakchi muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi. Talabalarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan mazkur metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) hal etiladigan masala aniqlashtiriladi; 2) talabalar topshiriq mazmuni va uni echish shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar kichik guruhlar (yoki juftliklar)ga biriktiriladilar; 4) guruh yoki juftlik a’zolari markaziy to‘rt burchak (kvadrat, aylana)da asosiy muammo (g‘oya, vazifa)ni qayd etadilar; 5) mazkur masala echimi yuzasidan fikr yuritib, markaziy to‘rtburchak (kvadrat, aylana) atrofida sakkizta xuddi shunday yordamchi chizmalarni hosil qiladilar va ularda masalaning xususiy echimlarini bayon etadilar; 6) yordamchi shakllarda ifodalangan g‘oyalarni “gulning barglari”ga, ya’ni alohida yana shunday majmuaga olib chiqadilar (o‘z navbatida ularning har biri yana bir muammo ko‘rinishini oladi); 7) yordamchi chizmalarda ham asosiy muammo (g‘oya, vazifa) yoritilgan chizma kabi “gul barglar”da xususiy masala va echimlar aks ettiriladi; 8) o‘rganilayotgan masalaning mohiyatidan kelib chiqib, bu jarayon bir necha bor takrorlanishi mumkin; 9) har bir guruh yoki juftliklar topshiriq yuzasidan o‘z echimlarini taqdimot tarzida bayon etadilar; 10) guruhlar tomonidan taqdim etilgan echimlar muhokama qilinadi va eng to‘g‘ri variant aniqlanadi.
Talabalarga quyidagi sxema namuna sifatida taqdim etiladi:
“Sxema” texnologiyasi o‘rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala mohiyatining asosiy xususiyat yoki belgilariga muvofiq sxema, tasvir yoki rasm orqali ifodalashini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyani qo‘llash talabadan masalaga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar o‘rganilayotgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini yodga oladi, eng muhim xususiyat va belgilarni aniqlaydi, ularni umumlashtiradi yoki tarkibiy qismlarga ajratgan holda sxemani yaratadi. Talabalarda fikrlash, ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishga xizmat qiluvchi ushbu metod g‘oyaning qisqa, aniq ifodalanishi uchun sharoit yaratadi.
“Kichik esse” (frantsuzcha “essai” – sinov, sinab ko‘rish, ocherk, lotincha “exagium” - o‘lchamoq) texnologiyasi kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot hamda tasavurlarni ifodalashga xizmat qiladi. Mazkur metod talabalar tomonidan o‘rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr bildirish, mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratish jarayonida talabalar mavzu g‘oyalarini umumlashtirishlari, tizimlashtirishlari, turkumlashtirishlari hamda xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo‘ladilar. Mashg‘ulotlar chog‘ida mazkur metodni qo‘llash quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi: 1) o‘qituvchi kichik esseni yaratish uchun muammo yoki masalani tanlaydi; 2) tanlangan muammo, masala bilan talabalarni tanishtiradi; 3) talabalar muammo, masalaning umumiy mohiyati yuzasidan fikr yuritadilar; 4) talabalar shaxsiy fikrlarini bayon etish usulini belgilab oladilar; 5) kichik esseni yaratadilar; 6) kichik esse guruh talabalarining e’tiborlariga havola etiladi; 7) guruh a’zolari esse yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradilar.
|
| |