|
Talabalar uchun topshiriq
|
bet | 276/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Talabalar uchun topshiriq.
“Tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari” nomli kichik esseni yarating.
Bu o‘rinda talabalarning tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari borasida mustaqil fikrlay olish, pedagogik faoliyatni tashkil etishga ijodiy yondashish ko‘nikmalariga egaliklari o‘rganiladi va baholanadi.
Talabalar uchun topshiriq.
Mavzuga oid quyidagi test savollariga javob qaytaring:
Axloqiy tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
o‘quvchilar ongiga axloqiy me’yorlarni singdirish;
axloqiy ong, axloqiy his-tuyg‘u, axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalari va axloqiy e’tiqodga ega shaxsni tarbiyalash;
o‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish;
to‘g‘ri javob yo‘q.
Atrofdagilarga hurmat, muhabbat, ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik, shaxsning erkinlik, farovonlik, tinchlik va har tomonlama kamol topishga intilishi qanday tamoyil mazmunida aks etadi?
insonparvarlik tamoyili;
o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyili;
ijtimoiy adolat tamoyili;
barcha javoblar to‘g‘ri.
Jamiyat tomonidan tan olingan bo‘lib, unda yashovchi kishilar tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo‘lgan qoida nima deb ataladi?
huquqiy me’yor;
axloqiy me’yor;
huquqiy qarash;
axloqiy qarash.
“Ijtimoiy munosabat, kundalik faoliyat, mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etishda muayyan qoidalarga qat’iy rioya etish”. Ushbu holat qanday tushuncha mazmunini yoritadi?
faoliyat;
rivojlanish;
intizom;
ta’lim.
Mehnat tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?
o‘quvchilarga mehnat turlari to‘g‘risida nazariy ma’lumotlar berish;
mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish;
o‘quvchilarga muayyan kasbga qiziqishni uyg‘otish;
o‘quvchilarda mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida hal qilinadigan vazifalarni belgilang.
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish;
o‘quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;
o‘quvchilarda mehnatga muhabbatni uyg‘otish, mehnatsevarlik, tejamkorlik xislatlarini tarbiyalash;
barcha javoblar to‘g‘ri.
Mehnat tarbiyasi mazmunida aks etuvchi xo‘jalik-iqtisodiy omillarni aniqlang: 1) ta’lim muassaasasi imkoniyatlari; 2) o‘quvchilarning yosh xususiyatlari; 3) ta’lim muassasasining moddiy ta’minoti; 4) o‘quvchi kadrlarning salohiyati; 5) ishlab chiqarish sharoitlari; 6) ta’lim muassasasining an’analari.
A) 1, 2, 4, 5, 6;
B) 2, 3, 4, 5, 6;
C) 1, 2, 3, 4, 5;
D) 1, 3, 4, 5, 6.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang: 1) muammoli; 2) hasharlar; 3) izlanuvchan-tadqiqot; 4) mehnat bayrami; 5) loyihalashtirish; 6) ko‘kalamzorlashtirish; 7) maktab binosini ta’mirlash.
A) 1, 2, 4, 5, 7; B) 2, 4, 6, 7; C) 1, 2, 4, 6; D) 1, 3, 5, 6, 7.
Qaysi mehnat turi o‘quvchilarning moddiy boyliklar yaratishdagi ishtiroki, bu jarayonda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishishlarini ko‘zda tutadi?
ishlab chiqarish mehnati;
o‘quv mehnati;
ijtimoiy foydali mehnat;
o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish.
Kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang: 1) kasbiy ta’limni tashkil etish; 2) kasbni sevishga o‘rgatish; 3) kasbiy bilim berish; 4) kasbiy faoliyatga oid mashqlarni bajarish; 5) kasbiy maslahat; 6) kasbga moslashuv.
A) 1,3,4,5,6; B) 1,3,4,6; C) 1,3,5,6; D) 1,2,4,5,6.
Uyda va ta’lim muasasasida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar uyushtirish, maktab binosini ta’mirlashda ishtirok etish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirida qatnashish kabilar qanday mehnat turiga kiradi?
o‘quv mehnati;
ijtimoiy foydali;
ishlab chiqarish;
kundalik mehnat.
O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ko‘proq nimalarga e’tibor bermoq lozim?
ularni ijtimoiy va ruhiy jihatdan kamol toptirishga;
ishbilarmonlik xislatini tarbiyalashga;
mehnatda mashq qildirishga;
ma’naviy-axloqiy e’tiqodni shaklantirishga.
Kasbiy konsultatsiya (maslahat)ning qanday turlari mavjud?
rag‘batlantiruvchi, individual-tashxisli, tibbiy;
tibbiy, rag‘batlantiruvchi, ma’lumot-axborotli;
individual-tashxisli, ma’lumot axborotli, tibbiy;
tarbiyalovchi, tibbiy, individual-tashxisli.
Ekologik tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat?
o‘quvchilarning tabiiy muhitning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarni tabiatni sevishga o‘rgatish, ularda tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarini oshirish;
o‘quvchilarga tabiat va atrof-muhitga ijobiy munosabatni shakllantirish;
barcha javoblar to‘g‘ri.
|
| |