|
Mashg‘ulot uchun materiallar
|
bet | 275/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
Talabalar uchun topshiriq.
Quyida berilgan savollar asosida suhbat tashkil eting.
“Tarbiya” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
Tarbiyani tashkil etishdan qanday maqsad ko‘zlanadi?
Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal qilinadi?
“Ijtimoiy tarbiya” deganda nimani tushunasiz?
Ijtimoiy tarbiya qanday turlarni o‘z ichiga oladi?
Pedagoglik qanday kasb?
Tarbiya jarayoni qanday qonuniyatlarga tayanadi?
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda iborat?
Talabalar uchun topshiriq.
Ijtimoiy tarbiya turlarini ko‘rsating va ularning mohiyatini ochib bering.
Bu o‘rinda talabalar sanab juftlik asosida “Nilufar guli” texnologiyasiga muvofiq chuyidagi topshiriqlarni bajaradilar:
Ijtimoiy tarbiya turlarini ko‘rsatish.
Ijtimoiy tarbiyaning har bir turiga xos asosiy xususiyatlar belgilash.
Ijtimoiy tarbiyaning har bir turini samarali shakllarini ko‘rsatish.
Ijtimoiy tarbiyaning har bir turini samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan metodlarni belgilash.
Ijtimoiy tarbiyaning har bir turini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi vositalarni aniqlash.
Talabalar uchun topshiriq.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, ustuvor tamoyillari va o‘ziga xos xususiyatlarini yoriting.
Bunda talabalar kichik guruhlarga birikkan holda “Sxema” texnologiyasini qo‘llash orqali quyidagi topshiriqlarni bajaradidar:
Tarbiya jarayonining qonuniyatlarini yorituvchi sxemani yaratish.
Tarbiya jarayonining ustuvor tamoyillarini yorituvchi sxemani yaratish.
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini yorituvchi sxemani yaratish.
|
| |