|
Mashg‘ulot uchun materiallar
|
bet | 283/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
Talabalar uchun topshiriq.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirishga oid savollarga javob qaytaring.
Bu o‘rinda talabalar quyidagi savollarga javob qaytaradilar: Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadni shaxsiy mulohazalaringiz asosida bayon eting.
Davlat ramzlarini bilish va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?
Sizning fikringizcha, fuqarolik tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishi kerak?
Fuqarolik tarbiyasi o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalash ahamiyatini yoriting.
Bu o‘rinda talabalar kichik guruhlar tarkidida “Insert” metodi vositasida quyidagi tarbiya yo‘nalishlarini tashkil etishda ilmiy dunyoqarashning qay darajada ahamiyatga egaligi xususida o‘zaro bahslashadilar:
Vatanparvarlik tarbiya.
Baynalminallik tarbiyasi.
Huquqiy tarbiya.
Guruhlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar yozuv taxtasida qayd etib boriladi. Barcha guruhlar yo‘nalishlar bo‘yicha fikr bildirganlaridan so‘ng har bir guruhdan bildirilgan mulohazalarning eng muhim ikkitasi tanlab olinadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlarga matn tarqatadi. Ushbu matnlarda qayd etilgan yo‘nalishlarda tarbiyani tashkil etishda ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lishning ahamiyati yoritiladi. Guruhlar o‘zlari bildirgan mulohazalar bilan matn g‘oyalari o‘rtasida muvofiqlik bor-yo‘qligini aniqlaydilar. Mavjud holatni maxsus belgilar yordamida qayd etadilar.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalarning e’tiborlariga quyidagi jadval taqdim etiladi:
|
| |