|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 285/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.229- Seminar mashg`uloti. O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi.
Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari.
“Suhbat” metodi mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida savol va javob shaklida tashkil etiladigan dialogik ta’lim metodi bo‘lib, jonli
muloqotga asoslanadi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida oydinlashmagan masalalar yuzasidan qo‘shimcha savollar berish hamda talabaning fikrlashga undash imkoniyati mavjudligi bilan belgilanadi. Ta’limiy munosabatning jonli muloqotga asoslanishi esa o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ruhiy yaqinlikni qaror toptirib, faol fikr almashish imkonini beradi. Mazkur metodni qo‘llashda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: 1) o‘qituvchi mavzu yuzasidan talabalar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan masalalarga oid savollarni ishlab chiqadi; 2) talabalar savollar bilan tanishtiriladi; 3) ular savollar yuzasidan mulohaza yuritib, masalaning mohiyatini yuritishga kirishadilar; 4) agarda talabalarning javoblari qoniqarli deb topilsa, navbatdagi savol beriladi; 5) bordi-yu, javob qoniqarli deb topilmasa, u holda o‘qituvchi talabaga aynan mana shu masalani oydinlashtirishga yordam beradigan qo‘shimcha savol beradi; 6) o‘rganilayotgan masalaning mohiyati to‘la yoritilgach, suhbat jarayoniga yakun yasaladi.
“6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Ushbu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) echimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur echimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
Mazkur metod metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadilar. O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan obyekt (masalan, kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit, akula) surati chizilgan lavhani qo‘yib chiqadi. Mashg‘ulot ishtirokchilariga kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi.
O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta
guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan so‘ng belgilangan vaqt ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.
|
| |