Mavzuga oid test savollari




Download 0,96 Mb.
bet287/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Mavzuga oid test savollari:


  1. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1992 yil, iyul; B) 1997 yil, avgust; C) 1991 yil, avgust; D) 2020 yil, sentyabr.

  1. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qaysilar?

  1. ta’lim ustuvorligining tan olinishi;ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  2. o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

  3. jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik

  4. barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. Qaysi tamoyil O‘zbekiston Respublikasida ta’lim taraqqiyoti ilmiy asoslarga ega bo‘lib, ilm-fan, texnika, texnologiya hamda madaniyatning yuksala borishi bilan chambarchas holda rivojlanib borishini ko‘zda tutadi?

  1. ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  2. davlat standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  3. ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ekanligi;

  4. bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish.

  1. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ta’lim turlarini ko‘rsating.

  1. umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim;

  2. maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim;

  3. maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, sirtqi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim;

  4. maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, majburiy ta’lim, hamda majburiy-ixtiyoriy ta’lim.


Download 0,96 Mb.
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   301




Download 0,96 Mb.