• Kichik guruhlarda ishlash
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet288/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    10- Seminar mashg`uloti. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim- tarbiya va pedagogik fikrlar. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari.


    Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati


    1. “Nima uchun” metodi talabalarda o‘rganilayotgan muammo yoki masala mohiyatining yorituvchi sabablarni aniqlash yuzasidan mustaqil fikr yurita olish
    qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida talabalar muammo (masala)ning yechimini topishga tizimli, ijodiy yondashishlari, shu bilan birga sabablarni tahlil qila olish talab etiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o‘qituvchi talabalarni metodning mohiyati va shartlari bilan tanishtiradi; 2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 3) o‘qituvchi guruhlarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lum masalalarni topshiradi; 4) guruhlar masalaning yechimini ifodalashi zarur bo‘lgan sxemani yaratadilar; 5) sxemada muammo (yoki masala)ning yuzaga kelish sabablari aks ettiriladi; 6) guruhlar ishlari jamoada muhokama qilinadi.
    Metodni qo‘llash shartlari quyidagicha: 1. Sxemada aks etadigan shakllar (aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat yoki uchburchaklar)ni talabalarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar. 2. Sxemaning tarkibiy tuzilishi – mulohazalar zanjirining to‘g‘ri chiziqli yoki to‘g‘ri chiziqli emasligi ham talabalar tomonidan belgilanadi.

    1. Yo‘nalish ko‘rsatkichlari talabalarning dastlabki holatdan yechimni topishgacha bo‘lgan faoliyatlari mazmunini ifodalaydi.
      1. Kichik guruhlarda ishlash


    Talabalar ishni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega boʻlmog‘i lozim.
    Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog‘i lozim.
    Kichik guruh oldiga qoʻyilgan topshiriqni bajarish uchun yetarli vaqt ajratiladi.
    Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi haqida ogohlantirilishi lozim.
    Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, oʻqituvchi ularga yoʻriqnoma berishi zarur.
    Nima boʻlganda ham muloqotda boʻling, oʻz fikringizni erkin namoyon eting.

      1. «Bilamiz /Bilishni xohlaymiz/ Bilib oldik» metodi mashg‘ulot jarayonida matnni tushunishni kuzatishdagi grafik tashkilotchisi hisoblanadi. Ushbu metod yangi mavzuni tushuntirishda qoʻllaniladi. 152





      1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   301




    Download 0,96 Mb.