|
Mashg‘ulot uchun materiallar
|
bet | 293/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
I. Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga doir savollarga javob qaytaring. Talabalarga quyidagi savollar beriladi:
Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti nimalarda namoyon bo‘ldi?
Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va didaktik qarashlarining ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
Abu Nasr Forobiy yashagan davrda ijtimoiy tuzum qanday edi.
II. Talabalar uchun topshiriq:Talabalar
|
ixtiyoriga
|
havola
|
qilingan
|
mavzulardan “Yozma ish” strategiyasiasosida
|
insho
|
(xikoya,
|
makola)
|
tayyorlashadi:
|
|
|
|
Farobiyning ilmiy kashfiyotlari
Al – Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari
“Klaster ” metodi asosida Al-Xorazmiyning ilmiy merosini ifodalang
Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga doir quyidagi testlarga javob bering:
Sharqda ta’lim va tarbiyaga birinchilar qatorida to‘g‘ri ta’rif bergan mutafakkir kim?
A.Forobiy.
A.Avloniy.
M.Behbudiy.
1 va 3 javoblar to‘g‘ri.
Uyg‘onish davrining asosiy shart - sharoitlari yaratib bergan mutafakkirlar?
Al-Xorazimiy
Tomas Mar
Tomaza Koshpanella
Al-Beruniy
Sharqda uyg‘onish davri qaysi asrlarga to‘g‘ri keladi?
VII-VII asr
X-XI asr
IX-XI asr
VII-X asr
Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga doir savollarga javob qaytaring. Talabalarga quyidagi savollar beriladi:
Beruniyning axloqiy, aqliy, nafosat tarbiyasi haqidagi fikrlarini izohlang.
Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya usullari, shakl va metodlarini izohlab bering
II. Talabalar uchun topshiriq:
“Venn diagrammasi” asosida ishlang.
Talabalar uchun topshiriq:Talabalar ixtiyoriga havola qilingan mavzulardan “Yozma ish” strategiyasiasosida insho (xikoya, makola) tayyorlashadi:
Ibn Sinoning ta’limiy- axloqiyqarashlari 2.Beruniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari
Seminar mashg`uloti. XIV-XVI asrlarda fan va madaniyat, maorif taraqqiyoti.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalar mohiyati 1.“Blits-so‘rov” (inglizcha “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan
savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Unga ko‘ra o‘qituvchi o‘rganilgan mavzu, muayyan tarkibiy qismlar mohiyatining ochib berilishini talab etadigan savollarni ishlab chiqadi va talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savolga qisqa muddatda, qisqa va aniq javob qaytara olishlari lozim. Guruh yoki juftlikda ishlashda bir nafar talaba berilgan savolga javob qaytaradi, uning sheriklari yoki guruhdoshlari javobni to‘ldirishlari mumkin. Biroq, fikrlar takrorlanmasligi lozim. Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati talabalar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
“Ijodiy ish” metodi talabalarni ijodiy faollikka undash orqali ularda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida mavzu mohiyatini yoritish, yangicha talqin
qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llash jarayonida talabalarning erkinligi ta’minlanadi, mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ular mavjud bilimlariga tayangan holda o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib beradilar. Yagona talabalar mantiqan to‘g‘ri fikrlay olishlari, shaxsiy mulohazalarini dalillar bilan isbotlay bilishlari lozim.
|
| |