• «T - sxema» metodi
  • “Davra suhbati ” texnologiyasi




    Download 0,96 Mb.
    bet294/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    “Davra suhbati ” texnologiyasi


    Yozma “Davra suhbati ” — ta’lim texnikasi bo‘lib, unda qog‘oz va ruchka, uncha katta bo‘lmagan «aylana stol» guruh qatnashchilari o‘rtasida doimo aylana bo‘ylab uzatib turiladi. Masalan, bitta qatnashchi biron-bir g‘oyani yozadi, keyin esa, qog‘oz bilan ruchkani qo‘shnisiga uzatadi. U esa, ushbu qog‘ozga o‘zining fikr-mulohazalarini yozib, keyingi o‘quvchiga uzatadi. Ushbu ishning variyantlaridan birida, har bir qatnashchi ma’lum bir belgilangan rangda yozishi mumkin. Bu ko‘rish orqali har bir qatnashchining umumiy fikrni shakllantirishga qo‘shgan ulushini his qilishni kuchytiradi hamda ta’lim beruvchiga har bir o‘quvchini qanday qatnashayotganligini bilishga va belgilab qo‘yishga imkoniyat yaratadi.

    .
    Og‘zaki «Davra suhbati»-ta’lim texnikasi (1-rasm.)
    Ushbu rasmdagi sxema «Davra suhbati» texnikasining sxemasi bo‘lib,
    oldingisiga o‘xshash, ammo og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Har bir qatnashchi, navbat bilan, oldingi qatnashchi bildirgan g‘oyani ilg‘ab olib, uni rivojlantiradi.
    1. «T - sxema» metodi


    Metodning maqsadi: Mazkur metod biror tushuncha yoki mavzu bo`yicha o`rganilgan axborotlar tizimini qiyosiy tahlil etish, solishtirish, mustaqil munosabatni shakllantirishga imkoniyat yaratish maqsadida qo`llaniladi.
    Bunda ta’lim oluvchi shaxsidagi:

      • mustaqil va ijobiy fikrlash;

      • axborotlar tizimini tahlil etish;

      • o`z pozitsiyasida qat’iy turish;

      • o`z-o`zini nazorat qilish va baholash;

      • muloqotchanlik va o`zgalar fikriga hurmat;

      • jamoada ishlash ko`nikmalari rivojlanadi. Metodni amalga oshirish tartibi:

      • o`qituvchi o`quvchilarni miqdor jihatdan teng guruhlarga ajratadi;

      • o`quvchilarni trening o`tkazishga qo`yilgan talablar va bajarilishi zarur bo`lgan topshiriq shakrtlari bilan tanishtiradi;

      • tarqatmalar (ilovadagi) o`quvchilar guruhiga beriladi va taklif etilgan sxema asosida qatnashchilar tushunchaga yoki muammoga nisbatan o`zining mustaqil fikrini bildiradi;

      • bildirilgan fikrlar ijobiy va salbiy yo`nalishga ajratilib, kerakli ustunchalarga yoziladi;

      • belgilangan vaqt (10-15 daqiqa) yakuniga etgach, barcha guruhlarning favsilotlari yordamida prezintatsiya tashkil etiladi;

      • barcha guruhlarning yakuniy xulosalari o`qib eshittirilgandan so`ng, trener-o`qituvchi guruhlar ishini baholaydi va qo`shimcha to`ldirishlarni kiritadi.

    Kutiladigan natija: o`quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o`zlashtiradi, mustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida anik tasavvurga ega bo`ladi va shaxsiy munosabati shakllanadi. 153



    Download 0,96 Mb.
    1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Davra suhbati ” texnologiyasi

    Download 0,96 Mb.