|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 282/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari
|
Guruhlar fikri
|
Bildiriladigan
fikrlarning ahamiyatlilik darajasi
|
Z
|
S
|
?
|
1.
|
Axloqiy tarbiya
|
|
|
|
|
2.
|
Ekologik tarbiya
|
|
|
|
|
3.
|
Jismoniy tarbiya
|
|
|
|
|
Izoh: maxsus belgilar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Z – matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa;
S – matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topmagan bo‘lsa;
? – matn bilan tanishish chog‘ida savollar tug‘ilsa
|
Talabalar uchun topshiriq.
Quyidagi muammоli vaziyatni еchimini tоping:
Rivоjlangan хоrijiy mamlakatlarda ko‘chalarning оzоdaligi va tabiat muhоfazasi uchun barcha birdеk mas’ul. O‘quvchilarda tabiat va atrоf-muhitga mas’uliyatli munоsabatni shakllantirish mumkinmi?
Talabalar uchun topshiriq.
Quyidagi mavzu yuzasidan munоzara tashkil eting:
Jismоniy kоmillik – kuch ifоdasimi yoki оngli faоliyat natijasi?
Talabalar 2- guruhga bo‘linadi. Xar bir guruhga quyidagi muammolar tashlanadi:
»Jismoniy tarbiya – kashandalik va alkogolizmning dushmani» iborasining mazmunini izohlang
Hozirgi kunda ekolagik madaniyatni shakllantiruvchi eng asosiy omillar
8- Seminar mashg`uloti. Shaxs madaniyatini shakllantirish tizimida ijtimoiy tarbiya turlaridan foydalanish.(mexnat va iqtisodiy tarbiya, g‘oyaviy- siyosiy tarbiya,fuqarolik va huquqiy tarbiya)
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati
1. “Insert” metodi o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Strategiyani qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 1) kichik
guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi; 2) har bir guruhdan izlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so‘raladi; 3) guruhlar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar; 4) bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi; 5) so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi mantni guruhlarga tarqatadi; 6) guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi); 7) guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni umumlashtiriladi; 8) guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi; 9) liderlar sinf jamoasini guruh natijalari bilan tanishtiradilar; 10) guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Metodni qo‘llashda o‘quvchilar qo‘yidagi sxemalar bo‘yicha faoliyatni tashkil etadilar:
Matn guruhlarning fikrlari bilan qiyosiy taqqoslanganda:
Maxsus belgilar
|
Maxsus belgilarning ma’nosi
|
Z
|
Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topgan bo‘lsa
|
S
|
Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z aksini topmagan bo‘lsa
|
?
|
Matn bilan tanishish jarayonida savollar tug‘ilsa (tushunmovchiliklar yuzaga kelsa)
|
Liderlarning hisobotidan so‘ng guruhlarning natijalarini o‘rganish chog‘ida:
Maxsus belgilarning tartib raqamlari
|
Guruhlarning nomlari
|
Koper
nik
|
Galil
ey
|
Gippok
rat
|
Ibn
Sino
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
“Zig-zag” metodi o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 1) o‘quvchilarda jamoa (yoki guruщ) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2) mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi.
“Zig-zag” metodini qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
1) sinf o‘quvchilari bir necha (5-7 ta) guruhga bo‘linadi; 2) yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 ta qismga ajratiladi; 3) har bir guruhga mavzuning muayyan qismi (1-matn, 2-matn, ... va hokazolar) beriladi va uni o‘rganish vazifasi topshiriladi; 4) belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar; 5) vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi va ular o‘rganilgan matnga oid asosiy ma’lumotlarni guruhdoshlariga so‘zlab beradilar; 6) liderlarning fikri guruh a’zolaridan tomonidan to‘ldirilishi mumkin; 7) barcha guruhlar o‘zlariga berilgan matnni puxta o‘zlashtirganlaridan
so‘ng matnlar guruhlararo almashtiriladi; 8) bu bosqichda ham yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; 9) shu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.
“Reja” metodi talabalarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida ma’lum yo‘nalishda pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid rejani ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metodni qo‘llash talabalardan o‘rganilayotgan mavzu mazmunini puxta o‘zlashtirish, asosiy g‘oyalarni umumlashtirish va ma’lum tizimga solish layoqatiga ega bo‘lishni taqozo etadi. “Reja” metodi asosan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishda qo‘llaniladi. Rejani ishlab chiqishda pedagogik vaziyat, ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ma’naviy-ma’rifiy ishning yo‘nalishi, mazmuni hamda samaradorlikni ta’minlash imkoniyatiga egaligi inobatga olinadi.
|
| |