|
Talabalar uchun topshiriq
|
bet | 281/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Talabalar uchun topshiriq.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirishga oid savollarga javob qaytaring.
Bu o‘rinda talabalar quyidagi savollarga javob qaytaradilar:
O‘quvchi dunyoqarashining shakllanishiga ekologik tarbiya qanday ta’sir ko‘ratadi?
Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz?
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga berilayotgan e’tibor nimalarda ko‘zga tashlanadi?
O‘quvchilar gigiyenasi nima? Bu haqida buyuk pedagog Abdulla Avloniy qanday fikrlarni bildirgan?
Aqliy tarbiyaning o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy, ekologik va jismoniy madaniyat elementlarini shakllantirishdagi ahamiyatini yoriting.
Bu o‘rinda talabalar kichik guruhlar tarkidida “Insert” metodi vositasida quyidagi tarbiya yo‘nalishlarini tashkil etishda ilmiy dunyoqarashning qay darajada ahamiyatga egaligi xususida o‘zaro bahslashadilar:
Axloqiy tarbiya .Ekologik tarbiya.Jismoniy tarbiya
. Guruhlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar yozuv taxtasida qayd etib boriladi. Barcha guruhlar yo‘nalishlar bo‘yicha fikr bildirganlaridan so‘ng har bir guruhdan bildirilgan mulohazalarning eng muhim ikkitasi tanlab olinadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlarga matn tarqatadi. Ushbu matnlarda qayd etilgan yo‘nalishlarda tarbiyani tashkil etishda ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lishning ahamiyati yoritiladi. Guruhlar o‘zlari bildirgan mulohazalar bilan matn g‘oyalari o‘rtasida muvofiqlik bor-yo‘qligini aniqlaydilar. Mavjud holatni maxsus belgilar yordamida qayd etadilar.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalarning e’tiborlariga quyidagi jadval taqdim etiladi:
|
| |