|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 277/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Seminar mashg`uloti. O`quvchilarni falsafiy dunyoqarashga tayyorlash.
O`quvchilarning aqliy tarbiyasi.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati G‘oyaviy charxpalak
Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo‘lganda o‘qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og‘zaki fikr almashmasdan, o‘zlarining varaqlarida savollarga bo‘lgan javoblarning o‘z-o‘zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.
Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo‘yicha kichik guruhdagi qo‘shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so‘ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag‘i yana o‘ziga qaytib kelgandan so‘ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o‘xshashligi ana shunda namoyon bo‘ladi).
Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o‘tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro‘yxatga kiritiladi.
Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro‘yxatdan o‘z ifodalarini taklif etadilar. Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro‘yxatga kiritiladi.
Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so‘ng jamoa bo‘lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash.
Qiyinchiliklari
Agar ishtirokchilardan biri ushbu mavzu bo‘yicha yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, u butun jarayonni to‘xtatib qolishi mumkin. Mazkur vaziyatda talabaga muhokama etilayotgan masalalar bo‘yicha darslikdan yoki boshqa adabiyotdan foydalanishga ruxsat berish mumkin, lekin bu uning bahosiga albatta ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yish kerak.
|
| |