|
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar mohiyati
|
bet | 279/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
1. “Nima uchun” metodi talabalarda o‘rganilayotgan muammo yoki masala mohiyatining yorituvchi sabablarni aniqlash yuzasidan mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida talabalar muammo (masala)ning echimini topishga tizimli, ijodiy yondashishlari, shu bilan birga sabablarni tahlil tahlil qila olish talab etiladi. Mashg‘ulotlar jarayonida metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o‘qituvchi talabalarni metodning mohiyati va shartlari bilan tanishtiradi; 2) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 3) o‘qituvchi guruhlarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lum masalalarni topshiradi; 4) guruhlar masalaning echimini ifodalashi zarur bo‘lgan sxemani yaratadilar; 5) sxenmada muammo (yoki masala)ning yuzaga kelish sabablari aks ettiriladi; 6) guruhlar ishlari jamoada muhokama qilinadi.
Metodni qo‘llash shartlari quyidagicha: 1. Sxemada aks etadigan shakllar (aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat yoki uchburchaklar)ni talabalarning o‘zlari mustaqil tanlaydilar. 2. Sxemaning tarkibiy tuzilishi – mulohazalar zanjirining to‘g‘ri chiziqli yoki to‘g‘ri chiziqli emasligi ham talabalar tomonidan belgilanadi.
Yo‘nalish ko‘rsatkichlari talabalarning dastlabki holatdan echimni topishgacha bo‘lgan faoliyatlari mazmunini ifodalaydi.
2. “Kontseptual jadval” metodi talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, masala yoki muammoni uning ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Metoddan foydalanish jarayonida talabalarning mavzu yuzasidan
mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyati rivojlanadi. Mashg‘ulotlar chog‘ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi: 1) o‘qituvchi echimi topilishi lozim bo‘lgan masalani aniqlaydi; 2) talabalar masala hamda metoddan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar kichik guruhlarga biriktiriladilar; 4) guruhlar o‘zlariga berilgan topshiriqni baradilar; 5) guruhlar o‘z echimlarini jamoa hukmiga havola etadilar; 6) guruhlarning echimlari jamoada muhokama qilinadi. 151
Talabalarning e’tiborlariga quyidagi namunani tavsiya etish mumkin:
|
| |