|
- Seminar mashg`uloti.Ta’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari
|
bet | 268/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 3 - Seminar mashg`uloti.Ta’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan interfaol metod va texnologiyalar mohiyati 1.“Zakovatli zukko” metodi mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda
o‘quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. Metod talabalarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metodni qo‘llash o‘z xohishiga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi.
2.“FSMU” texnologiyasi talabalarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan fikrlarni mustaqil bayon etish, shaxsiy mulohazalarni dalillash (misollar bilan asoslash), bahslashish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlarda ushbu metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o‘qituvchi texnologiyaning mohiyatini yoritadi va talabalarni texnologiyadan foydalanish shartlari bilan tanishtiradi; 2) har bir talabaga “FSMU” texnologiyasining sxemasi tushirilgan qog‘ozlarni taqdim etadi; 3) o‘qituvchi talabalarga ushbu sxema asosida mavzu mohiyatini yoritishga oid topshiriqni beradi; 4) talabalar kichik guruhlarda topshiriqni bajaradilar; 5) guruhlar o‘z echimlarini jamoaga ma’lum qiladi; 6) jamoa guruhlarning echimlarini muhokama qiladi; 7) o‘qituvchi talabalarning
mashg‘ulot samaradorligi borasidagi fikrlarini tinglaydi va mashg‘ulotga yakun yasaydi.
Talabalar quyidagi sxema bilan ishlash tavsiya etiladi:
|
Tushunchal
ar
|
(F)
|
(S)
|
(M)
|
(U
)
|
.
|
Ta’lim metodlari
|
|
|
|
|
.
|
Ta’lim vositalari
|
|
|
|
|
Izoh: shartli belgilar quyidagi mazmunni anglatadi:
(F) – fikringizni bayon eting;
(S) – fikringizni asoslovchi biron sabab ko‘rsating;
(M) – ko‘rsatilgan sababning asosli ekanligini isbotlovchi misol keltiring;
(U) – fikringizni umumlashtiring
|
|
| |