|
Mе’yordan psiхik оg’ishganlik va bоlaning ijtimоiylashuvi
|
bet | 257/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mе’yordan psiхik оg’ishganlik va bоlaning ijtimоiylashuvi.
Me’yordan psixik og‘ishlik eng avval bolaning aqliy rivojlanishi,uning psixik nuqsonlari bilan bog‘liq.
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil – debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) – psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi.
Me’yordan psixik og‘ishganlik bolalarning alohida guruhiga iqtidorlilar kiradi. Bu bolaga muvaffaqiyatga erishishini ta’minlovchi, biron-bir faoliyatni
bajarishda yutuqlarga erishuvida muhim bo‘lgan bolalar iste’dodining o‘ziga xos turlaridir. hozirgi davrda bolalardagi iste’dodni, ulardagi musiqaga, san’atga, tasviriy san’at, sport, aqliy qobiliyatlilarini ertaroq aniqlovchi ajoyib metodikalar ishlash chiqilgan. Bu metodikalar bolalar qobiliyatlarini shakllashtirishga ham xizmat qiladi.
Pеdagоgik оg’ishganlik..
Pedagogik me’yordan og‘ishlik. Bu shunday tushunchaki, hozircha pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar bo‘lib, mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi ta’limni o‘zlashtirishi, o‘rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb ta’limini olgan bo‘lishi lozim. o‘zbekiston respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun majburiydir. Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kaab ta’limi o‘qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi.
|
| |