|
Mavzu: Dеviatsiya (оg‘ishganlik) ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida
|
bet | 255/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mavzu: Dеviatsiya (оg‘ishganlik) ijtimоiy pеdagоgik muammо sifatida
REJA:
“Mе’yor”, “mе’yordan хulqiy оg’ishgan” tushunchalarining ijtimоiy pеdagоgikadagi mazmuni. Deviatsiya tiplariva turlari. Dеviant хulqli bоlalar bilan asоsiy ijtimоiy pеdagоgik faоliyat turlari - prоfilaktika va rеabilitatsiya. Ijtimоiy pеdagоgik prоfilaktik faоliyatning vazifalari, mazmuni, mеtоdlari va shakllari.
Tayanch tushunchalar
Kоmpеnsatsiya — buzilgan funktsiyalar o’rnini to’ldirish, rivоjlantirish.
Dеviant хulq atvоr—ijtimоiy yoki aхlоqiy mе’yorlarga mоs kеlmaydigan хulq- atvоr.
Dеlinkvеntlik (ing. "gunоhkоrlik") — o’rnatilgan mе’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka оlib kеluvchi хulq-atvоr.
Rеabilitatsiya — bеmоrning psiхоfizik imkоniyatlari dоirasida kundalik mеhnat va hayotga qaytishi. Bu, birinchidan, tibbiyot yordamida insоnning jismоniy nuqsоnlarini bartaraf etish, ikkinchidan, maхsus o’quv mеtоdlarini qo’llash, uchinchidan esa, prоfеssiоnal tayyorgarlik asоsida erishiladi.
Jinоiy хulq-atvоr — jinоiy javоbgarlikgsa tоrtish yoshiga еtganda jinоiy ish qo’zg’atishga asоs bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar.
Ijtimоiy mе’yorlar — insоn хatti-harakatlarini, ularning ijtimоiy hayotini muayyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvоfiq tartibga sоluvchi хulq-atvоr mе’yorlari.
Ijtimоiy iqtisоdiy yordam — muhtоj bоlalarning ruhiy, aхlоqiy va emоtsiоnal hоlatini tiklash bo’yicha muassasa va markazlarda yordam ko’rsatish.
“Mе’yor”, “mе’yordan хulqiy оg’ishgan” tushunchalarining ijtimоiy pеdagоgikadagi mazmuni. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo‘ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, ularda o‘zlariga alohida e’tibor talab etadigan insonlar bo‘ladi. Bunday insonlar biror-bir jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo‘lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus alohida munosabatda bo‘lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo‘lib kelingan. Masalan, qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosog‘lom bolalarni qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan. Boshqa jamiyatlarda esa bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan.
Hozirgi davrda AQSH va qator Yevropa mamlakatlarida nosog‘lom insonlarga ham barcha qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo‘ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yokti imkoniyati cheklangan shaxs sifatida alohida maxsus e’tibor beriladi.
“Muammoli inson” tushunchasi AQShda keng qo‘llanilsa Yevropa mamlakatlarida “imkoniyati cheklangan insonlar” iborasi ko‘p ishlatiladi.
Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog‘liq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o‘sib bormoqda.
YUNESKOning istiqbol bo‘yicha ma’lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko‘rsatkichni o‘zgartira olmaydi.
Sog‘lom muhit doimo insonlar ongida o‘z chegarasiga ega bo‘lib, chegaradan tashqi bo‘lganlar “nome’yoriy”, “potologik” deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o‘zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi.
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta’rif berishga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor” tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o‘ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o‘tishi bilan qayta-qayta o‘zgarib turadilar. AQShda II jahon urushidan so‘ng ikki-uch o‘n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy” hodisa hisoblangan bo‘lib, unga jamiyatda bee’tibor bo‘lganlar. hozirda, jamiyat bu yomon, sog‘liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo‘ladilar.
Aslida, qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo‘lsa, shunchalik shaxsning nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamli munosabatda bo‘linadi – agar totalitar rejimga asoslangan bo‘lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo xulqiy og‘ishlik holatlariga yo‘l qo‘yilsa, ular raxmsizlik bilan jazolanadilar. Shuni unutmaslik lozimki, me’yor – bu shunday g‘oyaviy hosilaki, unda obyektiv borliq (reallik) shartli ravishda, o‘rtacha statistik ko‘rsatkich bo‘yicha, real haqiqat tavsiflanadi, biroq unda mavjud holatlar ifodalanmaydi.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o‘z ko‘rsatkichlari, parametrlari (o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo‘lmagan holatlar barchasi boshqa so‘z “me’yordan og‘ishlik” deb yuritiladi.
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ishlik” tushunchalari juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo‘llaniladi.
Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, me’yordan xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy norasolik va qobiliyatlilik bo‘lib ifodalanishi mumkin.
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, balki jamiyatning) ijtismoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo‘lib, ular: iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski me’yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi.
|
| |