|
Mashg‘ulot uchun materiallar
|
bet | 298/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mashg‘ulot uchun materiallar:
Mavzu yuzasidan topshiriq.
Blits- so‘rov savollariga javob qaytaring. Talabalarning e’tiborlariga quyidagi savollar havola etiladi:
. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida maktab va pedagogik fikr rivojlanishini qanday sharhlaysiz?
Jadid ya’ni “Usuli jadid”ning ma’nosi nima va uning asoschisi deb kim tan olingan?.
Shakuriyning maktab, o‘qitish mazmuni haqidagi fikrlarini aytib bering.
M.Behbudiy tomonidan yaratilgan maktab darsliklarini sanang.
Behbudiy ilm olishlik haqida qanday dramatik asar yaratgan?
Shakuriy ta’lim tizimiga qanday yangiliklar kiritdi?
Yangi usul maktablarining afzalliklarini ayta olasizmi?
A.Shakuriy va M.Behbudiylarning pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o‘rni.
Talabalar uchun topshiriq: “Birgalikda o`qiymiz” texnikasi asosida talabalarga quyidagi mavzular havola qilinadi:
Mahmudxo‘ja Behbudiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi Munavvar qorining pedagogik g‘oyalari
Shakuriy Turkiston o‘lkasining ijtimoiy- siyosiy, ilmiy- madaniy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o`zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga ma’suliyat bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo`lsa, albatta murojaat qiling. Agar sizdan yordam so`rashsa, albatta, yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. Aniq tushunmog‘imiz zarur.
Boshqalarga o`rgatish orqali o`zimiz o`rganamiz.
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz ,yoki birgalikda cho`kib ketamiz.
|
| |