Ahvolingiz yaxshimi? Yaxshi
Qaysi kitobni sevib o`qiysiz? Mahzun bo`lma
Hurmatli
Sadiya Namanganga
Farg`ona dan hush kelibsiz!
Ahvollaringiz
Yaxshi ekanligidan hursandman.
Sadiya
agar siz Mahzun bo`lma kitobini sevib
o`qisangiz, men `Sohilsiz dengiz`kitobini yoqtiraman.
Chunki u Imom
Buxoriy hayotlari haqida
>>>
Shunday qilib, Python dasturlash tili sodda va qulay sintaksis
asosida datur kodlari yozishga mo’ljallangan til hisoblanar ekan. Aslida, dastur
muallifi Gollandiyaning CWI instituti xodimi Gvido van Rossum ham aynan shu
maqsadda dasturiy interpretatorni yaratgan edi.
U maqsadiga erishdi va
dasturlash sohasida yangi davrni ochib berdi. Bugungi kunda undan
foydalanayotganlar soni esa keskin ortib bormoqda.
BOB BO’YICHA XULOSALAR!
✓ Dasturlash - IT texnologiyalari sohasidagi eng mashhur sohalardan biridir.
U doimiy ravishda rivojlanayotgan juda ko'p sohalarni o'z ichiga oladi.
✓
Dasturlash tillari bir-biriga o'xshash, faqat buyruqlarni yozish qoidalari
bilan farqlanadi. Shuning uchun, talab qilinadigan texnologiyalar
va klassik
algoritmlarni o'rganishga arziydi hamda ularni o’zlashtirish uchun vaqt va
qunt kerak bo’ladi.
✓ Progressive Web-Application texnologiyasi tobora kuchayib bormoqda,
bunda resurs oddiy dastur kabi smartfonning bosh ekraniga saqlanishi
mumkin.
✓ Agar
siz dasturlashga qiziqsangiz, modulli va vizual dasturlashni o'z ichiga
olgan ob’yektga yo'naltirilgan tillardan o'rganishni boshlashingiz kerak.
✓ Python tili–bu dasturchilar tomonidan o'rganishga
oson va shu bilan birga
imkoniyatlari boshqa zamonaviy dasturlash tillariga qaraganda ancha
yuqori bo'lgan ob’ektli dasturlash tillari sinfiga kiradi.
✓ Python dasturida dastur kodlari yozilishinig yana bir alohida
hususiyati
shundaki, dastur kodlari blokini ajratish uchun alohida maxsus belgi
ishlatilmaydi. Lekin blok tekislanishi bilan ajratiladi.
✓ Dasturga kiritlgan izohlar odatda dastur kodini o'qiyotganlar
uchun juda
foydali bo'ladi va dastur nima maqsadda va qanday yaratilganligini oson
tushunishga yordam beradi.
✓ Python dasturida ba’zan ko’p qatorli izohlar hosil qilishga duch kelinadi.
Buning uchun alohida mazsus belgi mavjud emas .
✓ O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida saqlovchi kattaliklar
hisoblanadi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun
alohida buyruq berish shart emas.
✓ Dastur yaratishda har bir o’zgaruvchiga alohida nom berish zarur.
Ularni
ifodalash uchun muayyan qoidalar mavjud.