• Multimedia Properties
  • Device
  • Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar




    Download 10,98 Mb.
    bet36/38
    Sana05.02.2024
    Hajmi10,98 Mb.
    #151659
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    7 -bob

    MIDI faylini ishga tushirish uchun sichqoncha klavishasi bilan uning piktogrammasini ikki marta bosish mumkin. Buning uchun avval mos papkani ochish lozim.
    MIDI fayllarining ifodalanishini ta’minlaydigan vositalarni sozlashni Device (Устройство) tavsiyanomasining Properties (Свойства) buyrug’i bilan ochiladigan MIDI Properties (Свойства MIDI) muloqot darchasida bajarish mumkin. O’z vaq­tida bu muloqot darchasi multimediaga mansub barcha imkoniyatlarni sozlash Multimedia Properties (Свойства мультимедиа) umumiy muloqot darchasining bir qismini tashkil qiladi.


    Videofayllarni ko’rish


    Videofayl o’zida bir qator statik rasmlarni mujassamlashtiruvchi oddiy multiplikatsiyadan farqli o’laroq, raqam­lar shakliga o’tkazilgan muayyan shakllarni o’zida saqlovchi fayldir. Bu ikki tushunchalar orasidagi farq nisbiy bo’lib, avvalo kadrlarni hosil qilish uslublari bilan farq qiladi. Ma’lumki, multiplikatsiya yoki animatsiya tez ko’rsatilishi natijasida harakatning sun’iy tarzda tasavvurini hosil qiluvchi bir qator rasmlar to’plamini hosil qilishdan iborat. Haqiqiy video esa videos’yomka ya’ni videokameraga haqiqiy voqeani olishdan iborat. WINDOWS 95 videofayllarni tovush bilan tutashtirilgan maxsus formatini ifodalash vositalarini o’zida qamraydi.


    Bunday formatdagi fayllar AVI fayllar deb ataladi va mos .AVI kengaytmasiga ega bo’ladi. AVI qisqartmasi (abbre­viatura), ya’ni Audio-Video Interleared - audio bilan videoning birlashmasini anglatadi. Muqobil atama FVI Video for WINDOWS.
    Videofaylni ochish uchun an’anaviy tavsiyanomaning File (Файл) bandida Open (Открыть) buyrug’ini beramiz. Video o’z darchasida ochiladi va unda namoyish etiladi. Agar Media Player dasturi darchasining sarlavha satriga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib ikki marta bosish bilan ikki marta kengaytirilsa, u videofayl darchasi bilan ustma-ust tushadi. Videofaylni ham mos papka ochilgandan keyin uning piktogrammasida sichqonchani ikki marta bosish bilan ko’rish mumkin. Bu holda birlamchi ijro Open (Открыть) buyrug’iga emas, balki Play (Воспроизвести) buyrug’iga belgilangan bo’ladi. Videofayl darchasi dasturning kengaytirilgan darchasi bilan ustma-ust tushadi.
    Keltirilgan usullar bilan nafaqat videofayllar, balki Open (Открыть) muloqot darchasidagi Files of type (Тип файла) ro’yxatida kengaytmasi keltirilgan animatsion fayllarni ham ko’rish mumkin. Videofayl namoyish etiladigan darcha o’lchamlari tavsiyanomaning Device (Устройства) bandidagi Properties (Свойства) buyrug’i bilan ochiladigan Video Properties (Свойства видео) muloqot darchasida o’rnatiladi. U multimedia vositalarini sozlash uchun ishlatiladigan Multimedia Properties (Свойства multimedia) muloqot darchasining qismlaridan biri. Videofayllarni Window (В окне - darchada) yoki Full Screen (Во весь экран - to’liq darchada) holatlarida ko’rish mumkin. Agar darchada holat tanlangan bo’lsa, uning o’lchamlarini Size buyrug’i bilan belgilash mumkin.



    Download 10,98 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 10,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vii bob. Windows tizimlari windows haqida umumiy tushunchalar

    Download 10,98 Mb.