|
Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим
|
bet | 2/11 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 31,47 Kb. | | #130840 |
Bog'liq 12 - илова Lotin4-bob. Yakuniy qoidalar
11. Mazkur lavozim yo'riqnoma bilan tartibga solinmaydigan masalalar O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va bankning boshqa ichki me'yoriy hujjatlarida belgilangan tartiblarga muvofiq hal etiladi.
12. Bank ichki xavfsizligi bo'limi boshlig'ini ishga olish yoki lavozimga tayinlashda hamda lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarmaganligi yoki boshqa sababga ko'ra mehnat shartnomasini bekor qilinishida belgilangan tartibda Bosh ofis xulosasiga ko'ra amalga oshiriladi.
13. Filial boshlig'i mazkur namunaviy lavozim yo'riqnomaga muvofiq joylarda bo'lim boshlig'i lavozim yo'riqnomasini tasdiqlatishi hamda xodimni imzo bilan tanishtirilishini ta'minlashi lozim.
Lavozim yo'riqnomasi bilan tanishdim:
________________________________________________________________
(F.I.Sh., imzo, sana)
"TASDIQLAYMAN"
"Mikrokreditbank" ATB
____________________________
mintaqaviy filial boshlig'i
________ . __________________
"____"_____________ 202__ yil
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki ______________________ mintaqaviy filiali xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo'limi
yetakchi mutaxassisining namunaviy lavozim
YO'RIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bankning ichki xavfsizligiga oid Nizom, tartib va yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi.
2. Bankning ichki tartibiga va mehnat intizomiga rioya etadi.
3. Viloyat va hududiy filiallarda bank ichki xavfsizligini tashkil etish ishlari va tartibsizliklarni oldini olish bo'yicha muntazam nazorat qilib boradi.
4. Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo'limi yetakchi mutaxassisi mintaqaviy filiali boshlig'i buyrug'i bilan lavozimiga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
5. Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining bank-moliya tashkilotlari faoliyatiga aloqador qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qaror va farmoyishlarini hamda me'yoriy-huquqiy hujjatlarni, bo‘lim Nizomiga va mazkur yo'riqnomaga amal qiladi.
|
| |