|
Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим
|
bet | 7/11 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 31,47 Kb. | | #130840 |
Bog'liq 12 - илова Lotin5-bob. Javobgarlik
Bo'lim boshlig'i o'z majburiyatlarini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida va bankning ichki hujjatlarida belgilangan quyidagilar uchun javobgardir:
O'zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ushbu lavozim yo'riqnomada o'z lavozim majburiyatlarini sifatsiz va o'z vaqtida va/yoki lozim darajada bajarmaslik;
O'zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, ustav, bo'lim faoliyati bilan bog'liq bankning ichki hujjatlari, shu jumladan bo'lim nizomi talablariga rioya etmaslik;
bank, tijorat va qonun bilan himoyalangan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni, shuningdek maxfiy tusga ega bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish;
ichki tartib qoidalari va mehnat intizomi talablariga rioya qilmaslik;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, texnika, yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish;
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda moddiy zarar yetkazish;
Bank rahbariyatining buyruq va farmoyishlarini bajarmaslik va/yoki lozim darajada bajarmaslik;
Bo'lim boshlig'i Bo'limga qo'yilgan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishiga javobgardir.
6-bob. Yakuniy qoidalar
Mazkur lavozim yo'riqnoma bilan tartibga solinmaydigan masalalar O'zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari va bankning boshqa ichki me'yoriy hujjatlarida belgilangan tartiblarga muvofiq hal etiladi.
Mazkur lavozim yo'riqnoma Mintaqaviy filiali axborot texnologiyalari to'g'risidagi Nizomning ajralmas qismi hisoblanadi.
Mintaqaviy filial boshlig'i mazkur namunaviy lavozim yo'riqnomaga muvofiq joylarda bo'lim boshlig'i lavozim yo'riqnomasini tasdiqlatishi hamda xodimni imzo bilan tanishtirilishini ta'minlashi lozim.
Lavozim yo'riqnomasi bilan tanishdim:
___________________________________________________________________
(F.I.Sh., imzo, sana)
|
| |