|
-bob. Bo’lim boshlig’ining lavozim majburiyatlari
|
bet | 6/11 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 31,47 Kb. | | #130840 |
Bog'liq 12 - илова Lotin3-bob. Bo’lim boshlig’ining lavozim majburiyatlari
Mintaqaviy filial va quyi turuvchi filial hamda bo'linmalar tomonidan mijozlarga bank mahsulotlarining to'g'ri taqdim qilinishi va ularga o'rnatilgan tartibda xizmat ko'rsatilishi yuzasidan nazorat olib boradi.
Bo'lim faoliyat yo'nalishiga tegishli bo'lgan hisobotlarni viloyat va tuman filiallaridan jamlaydi va ularni muhokama uchun tayyorlaydi.
Bo'lim faoliyatiga va boshqa bank siriga oid ma'lumotlar va hisobotlarning, amaldagi Qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, sir saqlanishini ta'minlaydi.
Bank rahbariyatining alohida xizmat topshiriqlarini bajaradi;
Bo'lim amaldagi qonun hujjatlari va bank ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq filial rahbariyati va axborot texnologiyalari departamenti topshirig'iga asosan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Bo'lim boshlig'i lavozim majburiyatlari talab darajasida bajarilmaganligida tarkibiy bo'linmalar mutaxassislari bilan bir qatorda javobgardir.
4-bob. Bo'lim boshlig'ining huquqlari
Bo'lim boshlig'ining o'ziga yuklatilgan funksiya va majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
mintaqaviy filial bo'limlari va bank filiallari rahbarlaridan o'z funksiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan barcha hisobot va ma'lumotlarni belgilangan tartibda olish hamda ulardan foydalanish.
Bo'limga yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqib, bankning ichki me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqish hamda ularga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha filial rahbariyatiga takliflar berish.
Bo'lim boshlig'i o'ziga yuklatilgan funksiya va majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ham ega:
o'z lavozim majburiyatlarini bajarish uchun bankda o'rnatilgan dasturiy ta'minotdan tegishli foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi;
bankning ichki me'yoriy hujjatlari, bo'lim faoliyatiga oid boshqaruv qarorlari shuningdek, bo'lim faoliyatini tartibga soluvchi buyruqlar, farmoyishlar bilan tanishish;
bo'lim ishini takomillashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
mehnatga haq to'lash, moddiy rag'batlantirish va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, mehnat shartnomasiga va bankning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa to'lovlarni o'z vaqtida olish;
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, mehnat shartnomasi va bankning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
mehnat shartnomasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va bankning ichki hujjatlarida belgilangan miqdorda mehnat ta'tili bilan bog'liq to'lovlarni olgan holda yillik mehnat ta'tiliga chiqish;
mehnat muhofazasi, sog'liq, xavfsizlik va zarur mehnat sharoitlarini yaratishni talab qilish;
Bo'lim boshlig'i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
|
| |