Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим




Download 31,47 Kb.
bet9/11
Sana05.01.2024
Hajmi31,47 Kb.
#130840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12 - илова Lotin

2-bob. Funksiyalar

  1. Bank filiali mijozlariga xizmat ko'rsatish, ya'ni ularning bo'lim faoliyatiga doir bo'lgan muammolarini xal etadi.

  2. Bank filiali telekommunikatsiya va aloqa vositalari, IP-telefoniya va videokonferensiya aloqa tizimlarini uzluksiz ishlashini taminlaydi.

  3. Viloyat mintaqaviy filialidagi kompyuter texnikalari, tarmoq qurilmalari, lokal hisoblash tarmoqlari va "CISCO" kommunikatsiya qurilmalarini doimiy ishchi xolatda bo'lishini tashkil qiladi.

  4. Bank mijozlariga qulay bo'lgan xizmatlarni bir maromda ishlashini va samarali faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

  5. Bankning "iABS" dasturiy majmuasi va axborot tizimlari elektron arxivlarining olinish jarayonini doimiy nazorat qilib boradi.

  6. Operastion tizimlarni uzluksiz ishlashini ta'minlaydi va axborotlarni saqlash, arxivlash ishlarini doimiy nazorat qilib boradi hamda ekspluatatsiya qilish jarayonida vujudga kelgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etadi.

  7. Telekommunikatsiya tizimida qo'llaniladigan dasturiy kompleksni doimiy ishlashini tashkil qiladi.

  8. Interaktiv bank xizmatlari bo'yicha zaruriy texnik va dasturiy sozlash ishlarini amalga oshiradi.

  9. Bankdagi kompyuter va orgtexnika vositalarini hisobga olish, yangilash, hisobdan chiqarish jarayonlarida ishtirok etadi.

  10. Viloyat mintaqaviy va tuman filiallaridagi kompyuter texnikalari va dasturlarida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etadi. Kompyuterlarga kerakli dasturiy vositalarni ("iABS" dasturiy majmuasi, "Windows" va ofis dasturlari) o'rnatadi.

  11. Filial kompyuterlarini Active Directory (domen) tizimiga doimiy bog'lab boradi.

  12. Kompyuter, bankomat, Infokiosk va boshqa axborot texnik qurilmalarida lisenziyalangan antivirus dasturini o'rnatish va doimiy ishchi holatini ta'minlash.

  13. Xalqaro pul o'tkazmalar tizimi hamda plastik karta va bankomatlarni axborot xavfsizligiga oid me'yoriy hujjatlarga asosan muhofazasini ta'minlash.

  14. iABS tizimida bank amaliyotlarini bajaruvchi xodimlar va interaktiv bank xizmati foydalanuvchilarini to'liq elektron raqamli imzo kalitlari bilan ta'minlash.

  15. Axborot muhofazasi, kiberxavfsizlik bo'yicha salbiy oqibatlarni bartaraf etish borasida berilgan topshiriqlarni zudlik bilan amalga oshirish va axborot berib borish.


Download 31,47 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 31,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим

Download 31,47 Kb.