|
Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим
|
bet | 8/11 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 31,47 Kb. | | #130840 |
Bog'liq 12 - илова Lotin"TASDIQLAYMAN"
"Mikrokreditbank" ATB
___________________________
mintaqaviy filial boshlig'i
__________ . ________________
"____"_____________ 202__ yil
“Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki
_______________________________ mintaqaviy filiali axborot texnologiyalari bo'limi yetakchi mutaxassisining namunaviy lavozim
YO'RIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Axborot texnologiyalari bo'limi (keyingi o'rinlarda – bo'lim) boshlig'ining namunaviy lavozim yo'riqnomasi (keyingi o'rinlarda – lavozim yo'riqnoma) O'zbekiston Respublikasining "banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga hamda bo'lim nizomiga asosan ishlab chiqilgan.
2. Yetakchi mutaxassisi "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o'rinlarda – bank) mintaqaviy filial boshlig'i buyrug'i bilan lavozimiga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
3. . Yetakchi mutaxassisi mintaqaviy filial boshlig'i va boshliq o'rinbosariga bevosita bo'ysunadi hamda axborot texnologiyalari departamentiga hisobdor hisoblanadi.
4. . Yetakchi mutaxassisi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me'yoriy hujjatlariga, bankning ichki me'yoriy hujjatlariga, bo'lim Nizomiga va mazkur lavozim yo'riqnomaga amal qiladi.
. Yetakchi mutaxassisi lavozimiga quyidagi talablar qo'llaniladi:
oliy ma'lumotga ega bo'lishi, Axborot texnologiyalari yo'nalishdagi ta'limga ega bo'lishi;
Axborot texnologiyalari sohasida 1 (bir) yildan kam bo'lmagan ish tajribasiga egaligi;
Texnik va uslubiy ish ko'nikmalariga ega bo'lishi;
o'z faoliyati yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini va bankning ichki me'yoriy hujjatlarini bilishi va ularga amal qilishi;
kompyuter texnikasi va foydalaniladigan dasturiy ta'minot bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishi;
filiallar va bankning mintaqaviy filialining Axborot texnologiyalari yo'nalishidagi asosiy vazifalarini bilishi.
Yetakchi mutaxassis mehnat ta'tilida, xizmat safarida yoki ma'lum sabablarga ko'ra ishda bo'lmaganida uning barcha vazifalarini vaqtincha bajarish mas'uliyati filial boshlig'ining buyrug'iga asosan boshqa mas'ul shaxs zimmasiga yuklatiladi.
|
| |