|
Вилоят минтақавий филиал Банк ички хавфсизлиги бўлимининг лавозим
|
bet | 3/11 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 31,47 Kb. | | #130840 |
Bog'liq 12 - илова Lotin2-bob. Funksiyalar
6. Bank ichki xavfsizligiga oid masalalar yuzasidan tuman filiallarida o'rganishlar o'tkazadi va amaliy yordam berib boradi;
7. Bank ichki xavfsizligiga oid rejaviy tuman filiallariga xizmat safariga chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan bo'lim boshlig'iga tahliliy ma'lumot tayyorlaydi;
3-bob. Yetakchi mutaxassisning lavozim majburiyatlari
8. Yetakchi mutaxassisning lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Viloyat va hududiy filiallarda bank ichki xavfsizligini tashkil etish ishlari va tartibsizliklarni oldini olish bo'yicha muntazam nazorat qilib boradi;
bank binosiga kirib-chiqishlarni videokuzatuv moslamalari va boshqa texnik vositalar orqali kuzatib boradi;
bank tizimining texnologik xavfsizligini mustaxkamlashda amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan zamonaviy qo'riqlash signalizatsiya vositalarini jihozlanishini shuningdek, bankning qo'riqlash xizmat postida o'rnatilgan to'g'ridan-to'g'ri aloqa vositalari, tashvishdan ogoh etuvchi qurilmalar va videokuzatuv moslamalarining doimiy ishchi holatdaligini nazorat kilib boradi;
bank binosining ajratilgan hududlariga mijozlar va tashrif buyuruvchilarni kirishi, moddiy boyliklarning olib chiqilishini (olib kirilishi) nazorat qiladi;
bank hududiga murojaatchi yoki tanishlar tashrif buyurganda murojaatchilar xonasida kutib olinishi, birinchi zonadan tashqari hududlarga kirishga ehtiyoji bo'lsa, majburiy ruxsatnoma to'ldirilishini nazoratga oladi;
bank binosida joylashgan maxsus server xonalari, kassa ombori va uning hududlari (3-zona)ga faqatgina filial rahbari tomonidan buyruq asosida qat'iy belgilangan shaxslardan tashqari xodimlar bank rahbariyatining yozma ruhsati bilan kirishini nazorat qiladi.
Shuningdek, og'zaki topshiriqlar hamda xavfsizlikka oid ichki tartibda ko'zda tutilmagan boshqa hujjatlarga asosan maxsus xonalar va uning hududlariga begona shaxslar kiritmaslik, dasturiy texnik vositalar o'rnatilishi, tasvirga olinishi hamda jihozlar, buyumlar olib chiqish yoki kiritish qat'iy taqiqlashni nazoratga oladi;
kompyuter texnika vositalarini olib kirish va olib chiqish joylardagi axborot texnologiyalari mas'ul xodimlari, xo'jalik mol-mulklarini olib kirish va olib chiqish xo'jalik mudiri va bosh buxgalter ruxsatiga asosan belgilangan tartibda moddiy boyliklarni olib chiqish ruxsatnoma asosida tashkil etilishini hamda qayd qilish jurnallarida yuritilishi nazoratga oladi;
bank xavfsizligini muhofaza qiluvchi qo'riqlash xizmatining kunlik faoliyatini nazorat qiladi;
Markaziy bank ko'rsatmasiga asosan bayram va tadbirlarda tuzilgan navbatchilik jadvaliga asosan navbatchilar o'z vaqtida navbatchilikni qabul qilish va topshirish hamda ish yuritilishini nazorat qiladi;
bank tizimida 18-00 dan keyin ishlaydigan xodimlarning tasdiqlangan ro'yxatga asosan bank binosiga kirib-chiqishini amalga oshirilish maqsadida qo'riqlash xizmat postiga berib boradi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan shanba-yakshanba va bayram kunlari ish kuni deb e'lon qilinganda filial rahbari tasdiqlagan ro'yxatga asosan xodimlarning bank binosiga kirib-chiqishini nazoratga oladi;
ish vaqti tugagandan so'ng maxsus xona eshiklarini muhrlanishi, bino xonalari kaliti jildlarga solinib post xizmatiga topshirilishi va jurnalga qayd etib borilishini nazorat qiladi;
xavfsizlik va axborotlarni muxofazasi bo'yicha taqdim etilgan bank siri, konfidensial xujjat va ma'lumotlarni qayd kilib borish jurnalini nazorat qiladi;
bankda ish faoliyatini olib borayotgan va bankka ishga kiruvchi nomzod xodimlarni ijtimoiy kelib-chiqishi, dunyoqarashi, psixologik xolati, huquqiy bilim darajasi va bank sirini rioya etilishi yuzasidan urganishlar o'tkazadi va bo'lim boshlig'iga hisobot beradi;
bank binosi, kassa tarmoqlari va omborxonalarida o'rnatilgan qo'riqlash hamda signalizatsiya vositalarining ishchi holatdaligini o'rganib boradi, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etilishini ta'minlaydi;
filial bank binosi parametrlari, qimmatliklar saqlanadigan omborxonalarga kirish, kassa hududi, 24/7, bankomat, vash va asosiy kirish joylariga o'rnatilgan videokuzatuv moslamalarining doimiy ishchi holati va bir oydan kam bo'lmagan arxiv yozuvlarini uzluksizligini nazorat qilib boradi;
bank pul omborlarini yopish, ochishda joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar asosida moddiy javobgar shaxslarning biometrik ("barmoq izi", "ko'z gavhari" va boshqa) belgilariga qarab identifikatsiya qilishga qodir bo'lgan dasturiy qurilmasi orqali filial kassa ombori 3 ta moddiy javobgar shaxs ishtirokida ochilishini nazorat qiladi.
9. Lavozim majburiyatlari bajarilmaganligi, bank ichki xavfsizligiga oid ichki tartib va yo'riqnomalari asosida ishlarni tashkil etmaganligi oqibatida yuzaga kelgan xavf-xatarlarga javobgardir.
|
| |