Vol. 38 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
49
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
yuksak professional kadrlar-oʻz
ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga
sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak.
Bu vazifani amalga oshirishda sifatli taʻlim va tarbiya biz uchun suv bilan havodek zarur. Bugun ushbu
masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni
belgilaydigan eng
masʻuliyatli va sharafli ishga aylanmoqda. Shuning uchun ham hurmatli Prezidentimiz Oliy Majlis va
Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida 2023-yilni mamlakatimizda ―Insonga eʻtibor va sifatli taʻlim
yili‖ deb eʻlon qildilar. Biz – oʻz hayotini yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlagan oʻqituvchi va
murabbiylar buni taʻlim va tarbiya sohasiga berilayotgan yuksak eʻtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir
amaliy ifodasi sifatida qabul qilmoqdamiz.
2
Davlatimiz rahbarining muallim va murabbiylarning mavqeyini koʻtarish, oʻqituvchilik maqomini
Konstitutsiyamizda mustahkamlash haqidagi fikrlari kuchimizga – kuch, gʻayratimizga – gʻayrat
qoʻshdi. Oʻzbekiston muallim va murabbiylari hech qaachon bunday yuksak eʻtiborga, qulay
sharoitlarga ega boʻlmagan. 2022 yil 29- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash va jamiyatda
oʻqituvchining maqomi va nufuzini oshirish chora-tadbirlari mavzusida boʻlib oʻtgan videoselektor
majlisida maktabgacha va maktab taʻlimini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga va umumxalq
harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat – ehtirom koʻrsatishi jamiyatimizda oliy qadriyat
darajasiga koʻtarishi zarur ekanligi belgilandi.
3
―Men bugun 590
ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilmoqchiman. Bugungi
yoshlarimizning talabi juda katta. Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi, ammo uni kuzatgan
bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qoʻyishyapti.
Dunyo voqealariga oid
masalalarga qiziqishyapti.ʻʻFarzandlarimizni aldab boʻlmaydi. Bugun informatsion texnologiyalarni
sinfxonaga kirgan oʻqituvchiga nisbatan oʻquvchilar koʻproq bilishadi, desak toʻgʻri boʻladiʻʻ, — dedi
Prezident.
Shuningdek, ayrim fanlarni qisqartirtirish masalasiga ham toʻxtaldi.
«Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni koʻpaytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan
qoʻrqamiz. Agar biror fan
zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima maʻno bor? 10
mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy oʻquv yurtiga kira olmagan. Buni
qanday baholash mumkin? Biz «Bolalar yomon boʻlib ketdi» degan fikrdan voz kechishimiz kerak.
Oʻzimizga savol qoʻyaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular oʻzimizning
farzandlarimiz. Sizlar bilan bir tan-u bir jon boʻlib, jonajon Oʻzbekistonimizning kelajagi haqida
oʻylashimiz shart», dedi Shavkat Mirziyoyev
4