|
Vol. 38 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008Bog'liq 48-60 Jismoniy Tarbiya Fanining Oʻqitilishida Raqamli Texnologiyaning AhamiyatiVol. 38 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
52
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
(B1)
Jismoniy maqlarni bajarishda oʻquv-mashgʻuloti uchun qulay sharoitni yarata oladi;
jismoniy mashqlar yordamida organizmning barcha guruhlarining funksiya tizimlarini toʻgʻri va oʻz
vaqtida rivojlantira oladi,
jismoniy mashqlar yordamida asab tizimini mustahkamlaydi, modda almashuv jarayonini faollashtira
oladi.
(B1+)
jismoniy mashqlarni bajarishda tabiat unsurlaridan samarali foydalana oladi;
umumiy mehnat qobiliyatini oshirish va gigiyenik qoidalarga odatlantirish orqali oʻquv va dam olish,
ovqatlanish tartibiga rioya qila oladi.
2.
Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda toʻgʻri bajarish orqali jismoniy sifatlarni
rivojlantirish kompetensiyasi.
(A1)
Jismoniy mashqlarni bajarishda mashqlarning bir-biri bilan uygʻunligini bogʻlay oladi (saf, akrobatika,
tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish);
mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik
va koordinatsiya) oʻzlashtira oladi.
(A2)
Saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika
(tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umboloq oshish, muvozanat saqlash), yengil
atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli oʻyinlar mashqlarini bajara oladi;
hayotiy zarur koʻnikmalarga ega boʻlishda jismoniy sifatlarni (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik,
egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) toʻgʻri tanlay oladi, ularni rivojlantiruvchi mashqlarini
bajara oladi.
(B1)
Buyum va buyumsiz bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning boʻgʻinlar va mushak
guruhlariga ijobiy taʼsiri va uni ketma-ketligi, osilish, tirmashish, muvozanat saqlash, tayanib va
tayanmay sakrash, tortilish, akrobatika elementlari va ritmik gimnastika qoidalariga rioya qiladi;
fazoviy harakatlar va uning bajarilish ketma-ketligiga amal qiladi.
(B1+)
Yengil atletikaning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixini biladi;
yengil atletika mashqlarining inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati xaqidagi maʼlumotni biladi;
respublika miqyosida oʻtkazilayotgan III bosqichli sport musobaqa turlarini biladi.
3. Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi.
(A1)
Kundalik faoliyatda jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishni oldini olish qoidalarini biladi;
jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish
qoidalariga amal qiladi;
(A2)
Gimnastika sport turlari boʻyicha turli asbob-anjom va jihoz nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira
oladi hamda amaliy mashgʻulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana oladi.
|
| |