TADQIQOT USULLARI
Bugun umumtaʻlim maktab oʻquvchilarining taʻlim-tarbiyasi va uni amalga oshirish mexanizmlarining
sifatiga eʻtibor berish,noʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash oldimizda
turgan asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Taʼlim tizimida umumiy oʻrta taʼlim 1-11 sinflarni qamrab olib, taʼlimning bu bosqichi oʻquvchilar
uchun eng masʼuliyatli davr hisoblanadi. Umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki boʻgʻini boshlangʻich
taʼlim oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlib, bu davrda bolalarni boshlangʻich kompetensiyalar bilan
qurollantirib boriladi.
Boshlangʻich taʼlimga doir barcha fanlar oʻquv dasturlari asosida oʻqitiladi, jumladan, jismoniy tarbiya
ham. Boshlangʻich taʼlimni takomillashtirish yuzasidan olib boriladigan ishlarning barchasida ham
oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasi, ularning jismoniy rivojlanishi va salomatligi asosiy masala qilib
qoʻyilgan.
2
https://lex.uz/uz
3
President.uz/uz/lists/view/3315
4
http://marifat.uz/
Vol. 38 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
50
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
Davlat taʼlim standarti talablariga asosan boshlangʻich sinf oʻquvchilariga jismoniy tarbiya fanini
oʻqitilishida quyidagi talablar belgilangan. A1 talab:
kun tartibi qoidalariga rioya qila oladi;
ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara oladi;
saflanish va yurish qoidalarini bajara oladi;
harakatli oʻyin turlari va ularning qoidalarini biladi;
jismoniy mashqlarning inson salomatligiga taʼsirini biladi;
shaxmatning boshlangʻich oʻyin qoidalarini biladi.
jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish,
tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bogʻlay oladi;
mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik,
tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega boʻladi;
mantiqiy oʻyinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) oʻynay oladi.
jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila oladi;
jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish meʼyorini aniqlay oladi;
jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila oladi.
5
Darslarni oʻtkazishda oʻquvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligini hisobga olib,
mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga
jismoniy tarbiya darslari qatʼiy kun tartibi boʻyicha xaftada 2 marotaba 45 daqiqadan tashkil etiladi va
oʻtkaziladi. Pedagogikada bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyaga quyidagicha taʼrif berildi.
6
Bilim – oʻrganilgan maʼlumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
Koʻnikma – oʻrganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qoʻllay olish.
Malaka – oʻrganilgan bilim va shakllangan koʻnikmalarni notanish
vaziyatlarda qoʻllay olish va yangi bilimlarni hosil qilish.
Kompetensiya – mavjud bilim, koʻnikma va malakalarni kundalik
faoliyatda qoʻllay olish qobiliyati.
Jismoniy tarbiyada esa bu tushunchalar quyidagicha talqin etiladi:
Bilim – jismoniy tarbiyada oʻquvchilar yangi harakatlarga oid maʼlumotlar oladi va dastlabki
takomillashmagan darajadagi bajarishlarni oʻzlashtiradi.
Koʻnikma – harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish
qobiliyatini ifodalaydi va u oʻquvchilarda koʻp marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga
keladi.
Malaka – oʻquvchilarda jismoniy harakatlarni bir xil sharoitning oʻzida koʻp marta takrorlashi
natijasida hosil qilinadi.
Raqamli texnologiya qabul qilingan oʻqish va oʻqitish jarayonida tobora ommalashib bormoqda.
Biroq, uning jismoniy tarbiyani oʻqitish va oʻrganishga taʻsiri haqida munozaralar davom etmoqda.
Taʻlimda tobora koʻproq foydalanish bilan raqamli kompetentsiyaga ega oʻqituvchilar uning
integratsiyasi muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi
jismoniy tarbiya sinfida raqamli texnologiyalarni qoʻllashda oʻqituvchilarning idrok etilgan malaka
5
https://lex.uz/docs/-5705038
6
O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti
|