Vol. 38 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
48
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
Jismoniy Tarbiya Fanining Oʻqitilishida Raqamli Texnologiyaning Ahamiyati
Sayfilloyev Azizbek
1
Annotatsiya:
Ushbu maqoladan koʻzlangan
maqsad shundaki, boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida jismoniy tarbiya fanini oʻqitilishida raqamli texnologiyaning ahamiyatini oʻrganishdan
iborat. Maqolada boshlangʻich sinflarning jismoniy tarbiya darsida taʻlim dasturi, yangicha metodika,
oʻqituvchi-shogird an’anasi, raqamli texnologiyaning fandagi oʻrni kabi tushuncha va farazlar koʻrib
chiqiladi. Boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya fanida raqamli texnologiyaning TPACK, TPK, video
oʻyinlar va slaydlar kabi usullari bolalar kompetensiyasini, innovatsion bilim-koʻnikmalarini oshirish
uchun xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya fanida boshlangʻich sinflarning oʻquv mashgʻulotlarida raqamli
texnologiyadan foydalanish natijasida sinf muhitida raqamli texnologiyadan foydalanish oʻqitish va
oʻrganish uchun koʻplab
afzalliklarni beradi, masalan, oʻqitish jarayonida raqamli texnologiyaning
joriy etilishi tufayli oʻquvchilarning motivatsiyasi va sinf ishlariga jalb qilinishiga ragʻbatlantiruvchi
ta’sir koʻrsatadi. Raqamli texnologiyadan foydalanish orqali talabalar tengdoshlari
bilan birgalikda
hamkorligini yaratadi va muloqot qobiliyatlarini oshiradi hamda oʻquvchilar izlanishlari, oʻrganishlari
va oʻzlarini ragʻbatlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi va dars sifati yaxshilanadi,
yangi
texnologiyalardan xabardor boʻlishadi, oʻqish mobaynida zamonaviy usullardan foydalanishadi va dars
jarayonida oʻquvchilarning jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyasi rivojlanadi. Darslarni
oʻtkazishda oʻquvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy
tayyorgarligini hisobga olib, mashgʻulotlarni
tashkil etish va oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga jismoniy tarbiya
darslari qatʼiy kun tartibi boʻyicha xaftada 2 marotaba 45 daqiqadan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Raqamli texnologiya qabul qilingan oʻqish va oʻqitish jarayonida tobora ommalashib bormoqda.
Biroq, uning jismoniy tarbiyani oʻqitish va oʻrganishga taʻsiri haqida munozaralar davom etmoqda.
Taʻlimda tobora koʻproq foydalanish bilan raqamli kompetensiyaga ega oʻqituvchilar
uning
integratsiyasi, muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish joizki bizning
asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli taʻlim olishlari
uchun imkoniyat yaratish, uning qobiliyat va
isteʻdodini roʻyobga chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Shunday ekan,
biz pedagoglar oʻquvchilarni qoʻldan kelgancha bilim saviyasini oshirish va rivojlantirishimiz kerak.