|
Vol. 38 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008Bog'liq 48-60 Jismoniy Tarbiya Fanining Oʻqitilishida Raqamli Texnologiyaning AhamiyatiVol. 38 (2023):
Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .
51
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
darajasini oʻrganish edi. Oʻqituvchilar jismoniy tarbiya boʻyicha raqamli texnologiyalarga nisbatan
ancha past kompetentsiya darajasini sezishdi. Bu oʻqituvchilar jismoniy tarbiya darslarida raqamli
texnologiyalarni integratsiyalashuviga toʻsqinlik qilayotgan shaxsiy va maktabdagi toʻsiqlarning
natijasi edi. Pedagogika va texnologiya dixotomiyasining yaxlit koʻrinishiga asoslanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida jismoniy tarbiya
fanini oʻrganishning asosiy maqsadi:
oʻquvchi-talabalarni har tomonlama jismonan sogʻlom va ruhan rivojlantirish, harakat imkoniyatlarini
kengaytirish;
inson salomatligi va shaxsiy gigiyena uchun zarur boʻlgan bilimlarga ega boʻlish, jamiyatda sogʻlom
turmush tarzini shakllantirish va rivojlantirish;
insoniyat kamoloti, ijtimoiy hayoti va taʼlim olishni davom ettirish uchun zarur boʻlgan bilimlarni
egallashi va ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishlari, kasb tanlash va yetuk mutaxassis boʻlib
yetishishda jismonan sogʻlom boʻlishning ahamiyatini hisobga olgan holda tayanch va jismoniy
tarbiyaga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Taʻlim bosqichi
Bitiruvchilar
Standart
darajasi
Daraja nomlanishi
Umumiy oʻrta
taʻlim
Umumtaʻlim maktablarining
boshlangʻich 4-sinf
bitiruvchilari
А 1
Jismoniy tarbiya va
sogʻlomlashtirishni oʻrganishning
boshlangʻich darajasi
9-sinf bitiruvchilari
А 2
Jismoniy tarbiya va
sogʻlomlashtirishning tayanch
darajasida
Oʻrta maxsus
kasb-hunar
taʻlimi
Akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari bitiruvchilari
В 1
Jismoniy tarbiya va
sogʻlomlashtirishning umumiy
darajasi
Respublika olimpiya
zahiralari kolleji
bitiruvchilari
В 1 +
Jismoniy tarbiya va
sogʻlomlashtirishning
ixtisoslashtirilgan umumiy darajasi
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida jismoniy tarbiya
fanini oʻrganishning asosiy vazifasi:
sogʻlomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qoʻllay olish, jismoniy mashqlar majmuasini
ketma-ketlikda toʻgʻri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sport asbob-anjomlaridan
xavfsiz usullarda foydalanishni oʻrgatish hamda jismoniy tarbiyaga oid kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
shaxsning sogʻlom va barkamol oʻsish kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
1. Sogʻlomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qoʻllay olish kuompetensiyasi
(A1)
Kun tartibi talablariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena va bajarilayotgan jismoniy mashqlarning inson
salomatligiga boʻlgan taʼsiri hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirish haqida maʼlumotlarga ega boʻladi;
ovqatlanish tartibi va unga rioya qilish qoidalarini biladi va amal qiladi.
(A2)
Shaxsiy gigiyena va jismoniy mashqlarni bajarishda gigiyenik qoidalar, omillar va sanitariya-gigiyenik
talablarini biladi;
ertalabki badantarbiya va oʻquv-dars jarayonida bajariladigan jismoniy daqiqalar majmuasi, tabiatning
sogʻlomlashtiruvchi omillari yordamida chiniqish qoidalarini oʻzlashtira oladi.
|
| |