• Ushbu ishning maqsadi
  • 1.1. Kardenolidlar.Yurak glikozidlari
  • Ushbu ish mavzusining dolzarbligi




    Download 2,07 Mb.
    bet2/15
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #236769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Farmatsevtik kimyo kurs ishi Fayzullayeva O\'g\'iloy1

    Ushbu ish mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, malakali mutaxassis farmatsevtika tahlilida qo'llaniladigan usullar orasida mohirlik bilan harakat qilishi va yurak glikozidlarini tezkor tahlil qilish uchun eng sezgir, o'ziga xos, tanlangan, tezkor va mos keladiganini tanlashi kerak.
    Ushbu ishning maqsadi yurak glikozidlarining miqdoriy tahlilini sezgir va qulay usullarda aniqlashni o’rganib chiqishdir.
    Ushbu ishning asosiy vazifalari farmatsevtika yurak glikozidlari miqdoriy tahlilini YUSSX Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida o’rganib uni tahlil qilib xulosalar chiqarish va keying ish faoliyat davomida qo’llashdan iborat hamda YUSSX usulini tafsiflashdan iborat.

    1.1. Kardenolidlar.Yurak glikozidlari
    Yurak mushaklariga tanlab ta’sir ko'rsatuvchi dori moddalari
    o'rtasida o'simliklardan olinadigan yurak glikozidlari muhim o'rinlardan birini egallaydi. Hozirgi vaqtda kardiotonik, ya’ni yurakka
    ta’sir ko'rsatuvchi xossaga ega glikozidlar gulli o'simliklaming 13
    oilasida borligi aniqlagan bo'lib, ulardan sigirquyruqdoshlar (Scrophulariasrae) oilasiga kiradigan angishvonagul o'simligi (Digitalis
    purpurea, Digitalis elanata, Digitalis ferruginea, Digitalis ciliata) glikozidlari ayniqsa, tibbiyotda keng qo'llanadi. Bu o'simliklardan olinadigan glikozidlami ayrim bir guruhga ajratib, uni digitalis yoki
    birinchi guruh glikozidlari deb ham yuritiladi. Boshqa oilalarga
    kiradigan o'simliklardan olinadigan barcha yurak glikozidlari esa
    ikkinchi guruhni tashkil qilib, ular digitaloidlar deyiladi. O'zida digitaloidlar saqlagan o'simliklar 7-jadvalda keltirilgan.



    Yurak glikozidlari kimyoviy tuzilishi jihatidan murakkab organik birikma bo'lib, ular gidrolizlanganda ikki asosiy qismga, ya’ni
    aglikon yoki genin va unga glikozid bog‘ bilan birikkan qand (glikon)
    komponentlariga parchalanadi. Ulaming genin qismi o‘z navbatida
    steroid (kondensirlangan ABCD halqalaridan iborat siklopentanpergidrofenantren) halqasi va undagi C17 holatga birikkan to'yinmagan
    besh va ba’zilari esa ikki juft to'yinmagan olti a’zoli lakton halqalardan tashkil topgan.
    Barcha yurak glikozidlarining geninlari kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biridan katta farq qilmaydi. Ulardagi C3 va C!4 holatdagi gidroksil guruhlari hamda Cl7 holatga birikkan lakton halqalarining joylashishi va konfiguratsiyalari barcha yurak glikozidlarida
    doimiy o'zgarmas bo'ladi. Geninlar asosan, steroid halqasidagi C5,
    C12 va C16 holatida gidroksil guruhlarining joylashish tartibi hamda C.n ga birikkan funksional guruhning (-C H 3; H C ^ ^ ) hi xususiyati bilan farqlanadi:




    Yuqorida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, strofant glikozid geninlarining steroid halqasidagi C10 holatida metil radikali o'miga aldegid C5 holatida esa qo'shimcha gidroksil guruhlarini
    saqlagani bilan digitoksigenin va boshqa glikozidlardan farqlanadi:



    O'z tarkibida besh a’zoli to‘yinmagan lakton halqasini saqlagan yurak glikozidlari, odatda, kardenolidlar deb ataladi. Olti a’zoli
    to'yinmagan lakton halqa saqlagan yurak glikozidlari esa bufadienolidlar guruhni tashkil qiladi va ularga dengiz piyozi va moroznik
    o‘simliklarida uchraydigan glikozidlar misol bo'la oladi:


    Bufadienolid glikozidlari tibbiyotda deyarli ishlatilmaydi.
    Hozirgacha ma’lum bolgan yurak glikozidlarining tarkibida 30
    xildan ortiq monosaxaridlar borligi aniqlangan. Ulardan D-glukoza, D-ksiloza, L-ramnozalarga o'xshash uglevodlar tabiatda keng
    tarqalgan bo'lib, D-digitoksoza, D-simaroza, digitalaza, oleanrozalar kabi uglevodlar esa faqat ma’lum glikozidlar tarkibidagina
    uchraydi.
    Glikozidlar tarkibiga bitta (konvalyatoksin), ikkita (strofantin,
    olitorizid), uchta (digitoksin, digoksin va boshqa) yoki to'rtta (digilanid ABC) qand qoldig'i birikkan bo'lishi mumkin.
    Yurak glikozidlarining yurakka o'ziga xos ta’siri asosan ularning genin qismiga bog'liq. Ulardagi qand qismi esa, glikozidlaming
    eruvchanligi, hujayra membranalari orqali so'rilishi, shuningdek,
    qonda oqsillar va to'qimalar bilan birikishiga ta’sir ko'rsatadi. Shunday qilib, glikozidlar tarkibining qand qismi yurakka nisbatan inaktiv bo'lsada, ammo u glikozidlaming eruvchanligini oshiradi, shu
    bilan ulaming fiziologik ta’sirini tezlatadi. Glikozidlaming aglikon
    qismiga birikkan qand qismining soni va ketma-ket o'zaro birikish
    tartibi ham, ulaming ta’siriga aloqador. Bundan tashqari, glikozid-lar tarkibida qand qoldig'ining bo'lishi, ulaming toksik ta’sirini birmuncha pasaytiradi.
    Glikozidlaming steroid halqasida aldegid va turli holatlarda faol
    gidroksil guruhlarining bo'lishi ham, ma’lum darajada ulaming o'ziga xos ta’sir ko'rsatishida muhim o'rin tutadi. Lakton halqasining
    kuchli ishqoriy muhitda o'zgarishi glikozidlaming biologik faolligi
    mutlaqo yo'qolishi yoki ancha pasayib ketishiga olib keladi. Bunda
    ishqor ta’sirida lakton halqasining a - P holatdagi uglerod orasidagi qo'sh bog' P - y holatga o'tib ketishi natijasida, u halqa steroid
    halqasining C14 holatdagi gidroksil guruh kislorodi orqali birikib,
    biologik nofaol epioksi hosilasiga o'tadi:

    Yurak glikozidlari o'simliklardan turli organik erituvchilar yordamida ekstraksiya qilib olinadi. Bunda o'simlikning maydalangan
    xomashyosi avval etil efiri yoki petroleiy efiri yordamida mahsulot
    tarkibida uchraydigan turli moylardan tozalanadi. So'ngra undagi
    glikozidlar metanol yoki 70 %li etanol bilan ekstraksiya qilib olinadi. Ajratib olingan ekstrakt vakuum sharoitida qiyomsimon holatga
    kelgunga qadar bug'lantiriladi. Keyin uni suv bilan ishlanadi va aralashmadagi smolasimon moddalami efir yordamida ekstraksiya qilib
    ajratib olinadi. Eritmadan qo'rg'oshin atsetat ta’sirida undagi shilliq
    moddalar cho'ktirib tashlanadi. Glikozidlami ajratib olish jarayonining navbatdagi bosqichida eritmani ammoniy sulfat bilan ishlab,
    bir-birlariga yaqin bo'lgan glikozidlami ularning turli organik erituvchilarda eruvchanligiga asoslanib, har qaysisini ayrim holda ajratib olinadi.
    Hozirgi vaqtda glikozidlami ajratib olishda adsorbsiyalanish xromatografiyasi usulidan keng foydalaniladi


    Download 2,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2,07 Mb.