|
Yurak glikozidlarining chinligini aniqlashda
|
bet | 3/15 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #236769 |
Bog'liq Farmatsevtik kimyo kurs ishi Fayzullayeva O\'g\'iloy11.2. Yurak glikozidlarining chinligini aniqlashda
qo'llanadigan reaksiyalar
Yurak glikozidlarining chinligini aniqlashda ulaming molekula
tuzilishidagi steroid halqasiga va unga birikkan to'yinmagan besh
a’zoli lakton halqasiga hamda steroid halqaga, glikozid holidagi qand
qismlarining har qaysisiga Xos ayrim reaksiyalar qilib ko'riladi.
1. Glikozidlardagi steroid halqaga xos reaksiya sifatida Liberman reaksiyasi qo'llaniladi. Bu reaksiyaga ko'ra ma’lum miqdordagi glikozidning sirka angidrididagi eritmasiga konsentrlangan sulfat
kislotasi qo'shilganda sirka angidridi qatlami yashil rangga bo'yaladi.
Ushbu reaksiyaning biroz o'zgartirilgan usuli Liberman - Burxard
reaksiyasi deb yuritiladi. Bunda glikozidning konsentrlangan sirka
kislotadagi eritmasiga konsentrlangan sulfat kislota bilan sirka angidridining baravar hajmdagi aralashmasi qo'shiladi va yashil rang hosil
bo'lishi kuzatiladi. Bu reaksiyada rang hosil bo'lishi, glikozidlardagi
steroid halqasining konsentrlangan sulfat kislota va sirka angidridi
ta’sirida degidrotatsiyalanishidan deb faraz qilinadi.
Ushbu reaksiya bo'yicha konvallotoksin va strofantin-K preparatlarining chinligini aniqlash tavsiya qilinadi.
2. Yurak glikozidlarining chinligini aniqlashda ulardagi besh
a’zoli to'yinmagan lakton halqasiga .xos quyidagi reaksiyalardan
foydalaniladi:
a) glikozidning spirtdagi eritmasiga ma’lum hajmda natriy nitroprussidning 1 %li va bir necha tomchi natriy gidroksidning 10 foizli eritmasidan qo'shilganda, tez uchib ketuvchi qizil rang paydo
bo'ladi. Ushbu reaksiya glikozidlaming chinligini aniqlashda keng
qo’llanib, uni Legal reaksiyasi deb yuritiladi. Bu reaksiyadan adonizid, selanid, digitoksin va boshqa preparatlaming chinligini aniqlashda foydalaniladi;
b) glikozidlaming chinligini undagi to'yinmagan besh a’zoli lakton halqasi asosida aniqlashda, Balet reaksiyasi muhim o'rin tutadi.
Bu reaksiyaga ko'ra preparatning spirtdagi eritmasiga pikrin kislotaning suvdagi va natriy gidroksidning 5 %li eritmasi qo'shilganda
aralashma to'q sariq-qizish rangga bo'yaladi. Uni isitilsa, rang yanada to'q tus oladi. Reaksiyani quyidagi kimyoviy tenglamalar orqali
ifodalash mumkin:
Ushbu reaksiyadan glikozidlaming miqdorini fotokolorimetriya
usuli bo'yicha aniqlashda ham foydalaniladi:
d) Raymond usuli bo'yicha glikozidlami aniqlash uchun, ularning spirtdagi eritmasiga ishqoriy muhitda m-dinitrobenzolning
spirtdagi eritmasi qo'shilsa, aralashma binafsha rangga bo'yaladi.
Bu jusulda m-dinitrobenzolning o'miga 3,5-dinitrobenzoy kislotaning metanoldagi 2 %li eritmasini ham ishlatish mumkin (Kedde
reaksiyasi). Reaksiya natijasida hosil bo'lgan modda qizil-binafsha,
ba’zida esa ko'k rangga bo'yalgan bo'ladi. Bu reaksiya bo'yicha
glikozidlami aniqlashda yana boshqa nitroaromatik birikmalarda hamfoydalaniladi
|
| |