• 1.2.3 . Yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullar
  • Glikozidlaming molekula tuzilishidagi qand qoldig'ini




    Download 2,07 Mb.
    bet4/15
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #236769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Farmatsevtik kimyo kurs ishi Fayzullayeva O\'g\'iloy1

    1.2.1. Glikozidlaming molekula tuzilishidagi qand qoldig'ini
    aniqlashda qo'llanadigan reaksiyalar
    Tarkibida 2-dezoksisaxarid saqlagan glikozidlami aniqlashda Keller-Kiliani reaksiyasidan foydalaniladi. Bunda 1-2 mg
    miqdordagi preparatni, tarkibida 0,05 % temir (Ill)-xlorid saqlagan konsentrlangan sirka kislotadagi eritmasini sekin-asta konsentrlangan sulfat kislota solingan probirkaga qo'shiladi. Suyuqlikning yuqori qatlamida ko'k yoki ko'k-yashil, ikki qatlam chegarasida esa qizil-binafsha yoki qo'ng'ir rang paydo bo'ladi. Bu reaksiyada temir (Ill)-xloridning o'miga temir (III) sulfat tuzini olish
    mumkin. Keller-Kiliani reaksiyasi bo'yicha selanid va digitoksinning chinligi aniqlanadi.
    Glikozidlardagi dezoksisaxaridlar yana Pezetsa ishlab chiqqan
    ksantgidrol reaksiyasi bo'yicha ham aniqlanadi. Bunda glikozidning
    konsentrlangan sirka kislotadagi eritmasiga ksantgidrol va bir necha
    tomchi konsentrlangan sulfat yoki fosfat kislota qo'shib isitilganda,
    suyuqlik qizil rangga bo'yaladi.
    Glikozidlardagi qand qoldig'ini aniqlashda ulardagi aldegid
    guruhlariga xos kumush ko'zgu reaksiyasi yoki Feling suyuqligidan cho'kma holida mis(I) oksidni ajratib chiqarish reaksiyalaridan foydalaniladi. Glikozidlaming chinligini aniqlash uchun spektrofotometriya va IQ-spektroskopiya hamda xromatografiyaning turli usuilari keng qo'llanadi.


    1.2.3. Yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullar
    Yurak glikozidlarining beqarorligi, ya’ni tarkibining doimiy bir
    xil bo'lmasligi hamda tibbiyot ehtiyojlari uchun ishlatiladigan preparatlar tarkibida glikozidning juda kam bo'lishi, ulaming miqdorini kimyoviy usullar bilan aniqlashda birmuncha noqulaylik yaratadi. Hozir yurak glikozidlarining faollik darajasini aniqlashda biologik, fizik-kimyoviy (spektrofotometriya, xromatografiya) usullar
    qo'llanadi.
    Biologik usul bo'yicha yurak glikozidlari ta’sir faolligini baholash (standartlash), ularning toksik ta’sir ko'rsatish miqdoridagi dozasi yurak faoliyatini sistola holatida to'xtatish qobiliyatini
    aniqlashga asoslangan. Odatda, yurak glikozidlarining faolligi toza
    glikozidlardan tayyorlangan maxsus standart namuna bilan solishtirib ko'riladi va ularning faolligini ta’sir etuvchi birlik bilan ifodalanadi. Yurak glikozidlarining biologik faolligi baqalarda (ЛЕД
    - лягушачья единица действия - baqa ta’sir birligi), mushuklarda (КЕД - кошачья единица действия - mushuk ta’sir birligi) va
    kaptarlarda (ГЕД - голубиное единица действия - kaptar ta’sir birligi) tekshirib ko'riladi.
    Kuz faslida tutilgan 28-33 g vazndagi erkak baqaning yurak
    urishini sistola holatida bir soat to'xtatib qo'ya oladigan glikozidning eng kam (kichik) miqdori baqaga ta’sir etuvchi birlik - BTB
    deb ataladi. Tajriba uchun baqalaming Rana temporaria (o'rmon
    baqasi), Rana ridibunda (ko'l baqasi), Rana esculenta (hovuz baqasi)
    turlaridan foydalaniladi.
    Angishvonagul o'simligi yoki undan olingan glikozidlami aniqlashda standart sifatida toza selanid, marvaridgul glikozidlari
    uchun simarin, strofantinga esa strofantin glikozidi va boshqalar
    olinadi.
    Shunday qilib, yurak glikozidlarining faolligini aniqlashda biologik usul, asosiy usul hisoblanadi. Keyingi paytlarda glikozidlarining
    miqdorini aniqlashda fizik-kimyoviy usullar keng qo'llanmoqda.
    Ulardan ayniqsa, fotokolorimetriya va xromatografiya usuilari bilan
    aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yurak glikozidlarini fotokolorimetriya usuli bo'yicha aniqlashda yuqorida keltirilgan turli rangii reaksiyalardan foydalaniladi.
    Masalan, turli muhitda pikrat kislota (Baleta reaksiyasi), m-dinitrobenzol (Raymond reaksiyasi), 2,4-dinitrofenilsulfan kislota va boshqa reaktivlar bilan rangii birikmalar hosil qilishi asosida aniqlanadi.
    Yurak glikozidlari miqdorini aniqlashda xromatografiyaning xilmaxil usuilari (qog'ozda taqsimlovchi va yupqa qatlamli usullar) keng
    qo'llanadi.
    Keyingi vaqtda gaz xromatografiya va yuqori samarali suyuqlik
    xromatografiyasi usullari glikozidlar sifatini nazorat qilishda tobora
    keng qollanilmoqda.
    Yurak glikozidlari guruhiga kiruvchi preparatlar tibbiyotda kardiotonik, ya’ni yurak ish faoliyati buzilishida uni tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Ular yurakka ta’sir xossalari jihatidan
    deyarli bir-birlariga o‘xshash boMadi. Yurak glikozidlari faqat ta’sir
    kuchi, tezligi va muddati hamda markaziy asab tizimiga nisbatan
    ta’sirlari bilan o‘zaro farqlanadi.
    Yurak glikozidlari «А» ro'yxati bo‘yicha og'zi mahkam berkitilgan idishlarda yoruglik va namlik ta’siridan ehtiyot qilingan sharoitda saqlanadi.
    Tibbiyot ehtiyoj lari uchun yurak glikozidlarining galen va novogalen preparatlaridan tashqari, digitoksin, digoksin, selanid, strofantin-K ga o‘xshash ularning ayrim preparatlari ham qollaniladi.


    Download 2,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glikozidlaming molekula tuzilishidagi qand qoldig'ini

    Download 2,07 Mb.