|
Digitoksinning miqdoriy tahlili
|
bet | 5/15 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #236769 |
Bog'liq Farmatsevtik kimyo kurs ishi Fayzullayeva O\'g\'iloy1Digitoksinning miqdoriy tahlili
Digitoksin angishvonagul oilasigamunosib o'simliklardan (Dygitalis purpurea, Digitalis lanata Ehrh va boshq.) olinadi.
Digitoksin, oq kristall kukun bo‘lib, suvda erimaydi, spirtda
kam eriydi, xloroformda qiyin eriydi, efirda esa kam eriydi. U optik
faol modda bo'lib, qutblangan nur tekisligini o‘ngga buradi. Uning
solishtirma buruvchanligi (1 %li xloroformdagi eritmasi) +16° dan
+18° gachadir.
Digitoksinning 495 nm to‘lqin uzunligidagi solishtirma nur yutish
ko'rsatkichi eJ 215 dan 235 gacha.
Digitoksinning chinligini aniqlashda ham barcha kardenolidlarga o'xshash uning molekula tuzilishidagi ayrim qismlariga xos reaksiyalardan foydalaniladi. Masalan, preparatni, uning tuzilishidagi besh a’zoli lakton halqasi bo'yicha LegaL reaksiyasi yordamida aniqlash tavsiya qilinadi. Bunda digitoksinning spirtdagi eritmasiga
1 ml natriy nitroprussid va bir-ikki tomchi natriy gidroksid eritmasi
qo'shilsa, sekin-asta o'chib ketuvchi qizil rang paydo bo'ladi.
Preparatni undagi besh a’zoli lakton halqasiga xos Raymond
reaksiyasi orqali ham chinligini aniqlash mumkin. Bu usul bo'yicha
digitoksinning spirtdagi eritmasiga m-dinitrobenzolning spirtdagi
eritmasi va natriy gidroksid eritmasi qo'shilganda, sekin-asta uchib
ketadigan qizil binafsha rang hosil bo'ladi.
Digitoksinning molekula tuzilishidagi 2-dezoksi qand qoldig'ini
unga xos Keller-Kiliani reaksiyasi orqali aniqlanadi. Bunda preparatning, tarkibida 0,05 % temir (III) xlorid saqlagan suvsiz sirka
kislotadagi eritmasiga probirka devorlari orqali konsentrlangan sulfat kislota qo'shilsa, eritmada hosil bo'lgan ikki qatlam chegarasida
qo'ng'ir rang paydo bo'ladi. Suyuqlikning ustki qatlami sekin-asta
ko'k-yashil yoki ko'k tus oladi.
Shuningdek, digitoksinning chinligini - isbotlashda spektrofotometriya usulida solishtirma optik zichligi va polyarimetriya usulida esa solishtirma nur buruvchanligini aniqlash mumkin.
Digitoksin tarkibining tozaligiga katta e’tibor beriladi. Masalan,
preparat tarkibida yot qo'shilmalardan saponinlar va boshqa glikozidlar bo'lmasligi talab qilinadi.
Preparat tarkibida saponinlaming bor-yo‘qIigini aniqlashda,
uning 1 %li spirtdagi eritmasiga xolesterinning 0,5 %li spirtdagi eritmasidan qo‘shib chayqatiladi. Eritmaning loyqalanmasdan tiniqligicha qolishi, digitoksin tarkibida yot modda sifatida saponinlar
yo‘qligini bildiradi.
Digitoksin tarkibida boshqa turli glikozidlar bor-yo‘qligi qog‘ozli
xromatografiya usuli bo'yicha aniqlanadi.
Preparatning xloroformdagi eritmasi tiniq va rangsiz bo'lishi
kerak. Bu uning tarkibiga rangii va xloroformda erimaydigan yot
moddalar qo'shilib qolmaganligini bildiradi.
Digitoksinning ta’sir faolligi biologik usul bo'yicha aniqlanadi.
Preparat kuchli kardiotonik ta’sirga ega bo'lib, uni yurak ishining surunkali susayishida qo'llaniladi. Uni 0,1 mg dan tabletkada
ichish uchun yoki 0,15 mg dan kuniga ikki mahal shamcha holida
ishlatiladi.
Digitoksinni og'zi mahkam yopilgan qo'ng'ir shisha idishlarda,
yorug'lik tushmaydigan joyda «А» ro'yxati bo'yicha saqlanadi.
Tibbiyotda yurak glikozidlaridan atsetildigitoksin (Asetyldigitoxinum) keng qo'llaniladi. Preparatning farmakologik ta’siri va
ishlatilishi digitoksinnikiga o'xshash bo'lib, undan birmuncha kam
kumulyativ faolligi bilan farqlanadi. Atsetildigitoksin sertuk angishvonagul (Digitalis lanata) o'simligining birlamchi glikozidi digilanid
A ning fermentativ gidrolizlanishidan hosil bo'lgan glikozid:
Digoksin, sertuk angishvonagul (Digitalis lanata Ehrh) o‘simIigining ikkilamchi glikozidi bo‘Iib, uning bargidan ajratib olinadi.
0 ‘simlik tarkibida birlamchi glikozid sifatida digilanid A, digilanid
B va digilanid C boMadi.
Digoksin oq kristall kukun, suvda erimaydi, 95 %li spirtda juda
kam eriydi. U 135 °C haroratda suyuqlanadi. Preparat optik faol modda boMib, qutblangan nur tekisligini o‘ngga buradi. Uning solishtirma nur buruvchanligi (10 %li piridindagi eritmasida) +13,5° dan
+ 14.1° gacha.
Digoksinning chinligini aniqlashda ham uning molekula tuzilishidagi steroidga birikkan, 5 a’zoli lakton halqasiga xos Raymond
reaksiyasidan foydalaniladi. Digitoksin preparatini aniqlashda, aytib
o'tilganidek, preparatning spirtdagi eritmasiga 1 ml m-dinitrobenzolning 1 %li spirtdagi eritmasi va 2-3 tomchi natriy gidroksid eritmasi qo'shilsa, sekin-asta uchib ketuvchi ko'k binafsha rang paydo
bo'ladi.
Preparat tarkibidagi qand (digitoksoza) qismi Kell_etzKiliani
reaksiyasi bo'yicha aniqlanadi (digitoksinga qaralsin). Digoksinning ta’sir faolligi farmakopeyada keltirilgan biologik usul bo'yicha,
baqalarda tajriba qilib aniqlanadi.
Preparatning miqdori Balet reaksiyasi asosida fotokolorimetriya
usuli bo'yicha ham aniqlanadi. Bu preparatning spirtdagi eritmasi
pikrin kislotaning ishqordagi eritmasi bilan to'q sariq-qizish rangii birikma hosil qilishiga asoslangan bo'lib, uning optik zichligi 495
nm to'lqin uzunligida spektrofotometrda o'lchanadi.
Digoksinning biologik ta’siri boshqa yurak glikozidlarinikiga
o'xshash. U organizmda kam to'planib qolishi (kumulatsiyalanishi),
organizmdan tez chiqib ketishi hamda nisbatan birmuncha kuchli
peshob haydovchi ta’siri bilan farqlanadi.
Preparat davolashning birinchi kuni 0,25 mg dan 4-5 marta, keyingi kunlari esa 1-3 marta ichiriladi. Inyeksiyada preparatni
0,25-0,5 mg (1 -2 ml 0,025 %li eritmasi) 10 ml 5 %, 20 % yoki 40
foizli glukoza yoki natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirilgan holda venaga kuniga 1-2 marta yuboriladi.
Digoksin tabletkalarda 0,25 mg dan va ampulalarda 1 ml 0,025
foizli eritmasi chiqariladi.
Digoksin og'zi mahkam berkitilgan idishlarda, yorug'lik ta’siridan himoyalangan holda «A» ro'yxati bo'yicha saqlanad
|
| |