Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi




Download 2,07 Mb.
bet6/15
Sana16.05.2024
Hajmi2,07 Mb.
#236769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Farmatsevtik kimyo kurs ishi Fayzullayeva O\'g\'iloy1

1.3.4.Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi
(yuqori bosim suyuqlik xromatografiyasi) haqida ma’lumot
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi suyuqlik xromatografiyasi usulining bir ko'rinishi bo'lib, bunda qo'zg'aluvchan faza
- eluyent kolonkadagi sorbentdan katta tezlikda yuqori bosim ostida o'tadi. Usul yuqori va quyi molekulali issiqlikka chidamsiz moddalami ajratib olishga, ulaming chinligini va miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Hozirgi zamon xromatografiyalari quyidagi qismlardan tashkil topgan: yuqori samarali kolonka, dozator, yuqori bosimli nasos,
yozuv qurilmali detektor, mikroprotsessor (7.23-rasm). Xromatograflar, shuningdek, namunalami avtomatik ravishda kolonkaga yuborish, reja asosida xromatografiyalash muhitini ushlab turish, ajratish jarayonining qulay sharoitini avtomatik tanlab berish, tahlil
qilinayotgan aralashma tarkibidagi moddalaming chinligi va miqdorini aniqlab beruvchi moslamalar bilan ta’minlangan.
Yuqori bosimli nasos (200-500 atm gacha) eluyentni berilgan
doimiy tezlikda kolonkaga yetkazib beradi. Ba’zida mikrokolonkali xromatografiarda nisbatan past bosimli nasoslar ishlatiladi ( 1 - 2 0
atm gacha). Xromatografik kolonkalar zanglamaydigan po‘lat (yoki
shisha)dan tayyorlangan bo‘lib, uzunligi 10-25 sm, ichki diametri 0 ,3 -0 , 8 sm (ko'pincha 0,4-0,5 sm)ga teng. Kolonkalar diametri 5 -1 0 mkm boMgan dumaloq yoki notekis shakldagi adsorbent
bilan yuqori bosimda suspenzion usul yordamida to'ldiriladi. Suspension usul bilan to‘ldirilganda sorbent kolonkada bir tekis bo‘lib
zich joylashadi. Mikrokolonkali xromatografiarda kolonkalaming
uzunligi va ichki diametri kichik boMadi (0 ,1 - 0 , 2 sm va undan ham
kichik).
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida qo'llaniladigan
adsorbent zarrachalari yuqori bosim ostida parchalanmasligi kerak.
Zich joylashgan kichik diametrli (5 -1 0 mkm) adsorbent bilan to'ldirilgan kolonkalar aralashmalami yuqori samarali xromatografik
taqsimlash xususiyatiga ega. Xromatografiyalash jarayoni ketayotgan vaqtda kolonka harorati ±0,1 °C aniqlikda ushlab turiladi. Xromatografik-taqsimlanish ko'pincha 20-25° da olib boriladi.-
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida ko'pincha refraktometrik yoki fluorimetrik, to'lqin uzunligi o'zgaruvchan (190-900
nm) yoki o'zgarmaydigan (ko'pincha 254 nm) spektrofotometrik,
shuningdek, alanga-ionlanish, elektrokimyoviy, mass-spektrometrik
va boshqa detektorlar ishlatiladi.
Adsorbent sifatida ko'pincha gidroksil guruhlar bilan qoplangan silikagel, turli funksional guruhlar bilan ishlangan silikagel, aluminiy oksidi, polimerlar, amaliyotda esa tayyor kolonkalar ishlatiladi. Silikagel bilan to'ldirilgan kolonkalar bilan ishlashda eluyent
sifatida uglevodorodlar, ba’zida esa turli erituvchilar yoki spirt bilan
aralashtirilgan uglevodorodlardan foydalaniladi.
Gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel bilan to'ldirilgan
kolonkalami yuvishda esa tarkibida quyi spirtlar yoki atsetonitril
bo'lgan suvli eritmalar ishlatiladi. Ba’zida erituvchilar ikki marta
tozalangan bo'lishi kerak. Tuz, kislota va asos ko'rinishidagi organik birikmalarni ajratishda juft-ion xromatografik usuldan foydalaniladi. Bunda gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel adsorbenti, anion yoki kation tarkibida gidrofob guruh saqlovchi ionli birikmalar qo'shilgan suv-spirtli yoki suv-atsetonitrilli eluyentlar ishlatiladi.
Organik tuzilishga ega bo'lgan anion va kationlarni ion-almashinish suyuqlik xromatografiyasi yordamida ajratiladi. Adsorbentlar
sulfo-, karboksil- yoki aminoguruhlar bilan qoplangan bo'lishi kerak.
Eluyent sifatida ma’lum pH muhitga va ion kuchiga ega bo'lgan suvli bufer eritmalar ishlatiladi.
Metall kationlari bilan kompleks hosil qiluvchi moddalami ajratishda ligand almashinish xromatografiyasi usulidan foydalaniladi.
Taqsimlanish yoki moddalaming ajralishi tekshirilayotgan birikmalaming koordinatsion bog'lar hosil qilish xususiyatlari o'rtasidagi
farqqa asoslangan bo'lib, ko'pincha aminokislotalaming izomerlari tahlil qilinadi. Adsorbentlar metall ionlari va ajralayotgan modda bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi guruhlar bilan qoplangan bo'ladi.
Moddalaming ajralish darajasi xromatogrammadagi ikki qo'shni cho'qqilaming balandliklari o'rtasidagi masofa va xromatografik
chizmaning kengligi bo'yicha aniqlanadi. Cho'qqilar balandligi
o'rtasidagi masofa aniqlanuvchi moddaga nisbatan adsorbentning
selektivligiga, kengligi esa adsorbentning joylashishiga va eluyenlning quyuqlik darajasiga bog'liq. Yuqori samarali kolonka adsorbentning selektivligi kichik bolsa ham moddalami ajratib berishxususiyatiga ega.
Moddalar miqdorini aniqlashda xromatogramma mutlaq
kalibrlash yoki ichki standartlar (gaz xromatografiyasi usuli kabi)
usuilari yordamida tahlil qilinadi. Yot moddalar xromatogrammadagi cho'qqilarni solishtirish bo'yicha aniqlanadi. Bir xil muhitda
moddaning kolonkadan chiqish vaqti bir xil va doimiy bo’ladi va
bu xususiyatdan aniqlanuvchi birikmaning chinligini aniqlashda
foydalaniladi. Miqdoriy tahlilda cho'qqilar yuzalari hisoblanadi,
chunki cho‘qqi yuzasi moddaning miqdoriga to‘g‘ri mutanosib.



Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 2,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi

Download 2,07 Mb.