42
Bu orqali ular dunyo bo’ylab jadvallashtirilgan havo yo’llaridagi o’rinlarning 95 %
ni aks ettirishadi. Bu tizim undan tashqari taxminan 57000 ta mehmonxonalariga
46 ta mashinalarni ijaraga berish
kompaniyalariga shuningdek, boshqa ta’minotchi
kompaniyalar temir yo’llarda, kruizlarda, sug’urta va tur operatorlarga ham o’z xiz-
matini ko’rsatadi.
Amadeus asosiy axborot texnologik ta’minotchi tizim bo’lib, sayohatni tashkil-
lashtirishda electron savdoni amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan
kompaniya hisoblanadi. Bu sistema qo’shimcha tarzda 15 ta mehmonxonalarning
web sahifalarida 34 ta aviakompaniyalarning 123 ta web sahifalarida juda katta
bronlash ishlarini olib boradi.
BA elektron biznesni o’zining ko’pgina maqsadlarida foydalanadi.
Ular quyidagi-
lar bo’lishi mumkin:
-
informatsiya axborot yetkazish maqsadi;
-
to’g’ridan- to’g’ri murojaat qilish;
-
reklama maqsadida (o’z web sahifasida turli xil tur sayohatlarni, arzon
narxlarni. Aksiyalarni taklif qiladi);
-
birlashma kompaniyalar reklamalari (mehmonxona,
restoran, tur agentliklar
bunga misol bo’la oladi. Bu orqali kompaniya o’ziga tegishli daromaddan
ulushga ega bo’ladi) va boshqalar.
Web texnologiya bu yirik transmilliy kompaniya uchun juda zarur bo’lib, u nafa-
qat kompaniyaning ishini balki, mijozlarning ham yumushini osonlashtiradi. Bu
texnologiyadan foydalanish iste’molchilar uchun quyidagi
foydali xususiyatlarga ega
bo’lishi mumkin:
web texnologiyadan foydalanganda, aeroportdan ro’yxatdan o’tgan tirband
va uzoq davom etadigan navbatda turib kutishdan holi bo’lishadi;
ovozli chaqiriq orqali iste’molchi o’z o’rnining imkoniyatlari to’g’risida
ma’lumotga ega bo’lishi mumkin;
sayyohlar istalgan makondan turib, o’zlarining aniq uchish vaqtlarini
qachon reys qoldirilganda boxabar bo’lishlari, uchrashadigan va
ko’rishadigan boshqa yo’lovchilarni bilishlari mumkin.
BA shunday web texnologik uskunalaridan biri bo’lmish
Trip Seeker dasturini
ishga tushirdi. Bu dastur ham, asosan, BA reyslarini dunyo bo’ylab qidirishga
moslashtirilgan.
World Explorer tomonidan shakllantirilgan Trip Seekerning yangi versiyasini
taqdim etib,
www.ba.com
saytida joylashgan barcha yo’nalish va destinatsiyalarni
43
dunyo bo’ylab qidirish mumkin. Ushbu dastur dunyoning
BA uchadigan istalgan
nuqta bilan aloqa o’rnatish imkoniyatini berishi bilan birga quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
- faqat shu yo’nalishga tegishli qurilma va ma’lumotlar;
- narxlar chegaralarini aniqlash imkoniyati;
- bir yil mobaynidagi mos oyni tanlash imkoniyati;
- eng past va yuqori darajadagi havo iqlimini o’rganish imkoniyati;
- sayohat klassini tanlash imkoniyati;
- turizmga aloqador maskanlardagi faoliyat turlari bilan
tanishuv va tanlov imkoni-
yati. Bunday faoliyatlarga: kurortlar, plyajlar, shahar tomoshasi, chang’i uchish
kabilar kiradi;
- ma’lum bir shaharni
tanlab qidirish imkoniyati
.