• 1.rasm.
  •  Qo’shilgan qiymat solig’i




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/26
    Sana29.06.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #266195
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
    Bog'liq
    Xalqaro turizimning rivojlanish tarixi va bosqichlari nn

     

    Qo’shilgan qiymat solig’i;
     


    36 
     

    Aeroport soliqlari;
     

    Tur agentliklarning qo’shimcha soliqlari.
     
    Biroq biror bir kimsa chiptani internet orqali ya’ni  
    www.britishairways.com
    sayti
    orqali buyurtma bersa, ularga 10 % li chegirma mavjud. 
     1.rasm.
     
    Manba : 
    www.britishairways.com
     
    Siljitish narxlari. BA ba’zi bir siljituvchi narxlarni ham o’rnatgan bo’lib, bu
    ba’zi bir voqea- hodisalarda amal qiladi. Masalan,
    - rojdestvo bayramiga sovg’a tariqasida voucher beriladi. Bunda sayyohlarga
    chiptalar o’rniga voucher beriladi; 
    - 14 ta sayohat zonasiga borib kelish 49 yevroni tashkil qiladi. Buyuk Britaniya
    va Yevropa destinatsiyalari uchun , dunyoning boshqa hududlaridagilar uchun
    269 yevroni tashkil qiladi. 
    - ichki va Yevropaliklar uchun yo’l haqi 49 yevroni ya’ni Yevropa bo’ylab 135 
    ta destinatsiyaga arzon narxda boorish mumkin 
    - dunyo klubi biznes guruhining taklifi qachonki dunyo klubiga bizness klassda
    uchmoqchi bo’lsangiz siz birinchi klassga ham o’z xohishingiz bilan bepul
    o’tishingiz mumkin. Chipta narxini to’lagan holda. 
    Bozorni segmentlash. BA o’z xizmatini 4 ta segmentga ajratgan. Ular: 

    Birinchi klass bo’lib, eng qulay va barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan
    eng yuqori xizmat turi. 


    37 
     

    Biznes klass - bu klassning o’rindiqlari ekonom klassnikidan biroz
    yaxshiroq. Unda krovat yoki o’rindiq tanlash imkoniyati bo’ladi. 

    Ekonom ekstra klass - bu klass shaxsiy va ekspert xizmatlar bilan
    ta’minlaydi va sayohat davomida dam olishni kafolatlaydi. 

    Ekonom klass - bu qulay sayohat do’stona xizmatlar bilan ta’minlaydi va
    bepul ovqatni ham o’z ichiga oladi. 
    Maqsadli Bozor. BA asosan moliyaviy yo’lovchilarni ko’paytirishni oldiga
    maqsad qilib qo’ygan bo’lib, bu o’z daromadlarining 40 %ini tashkil qiladi.lga qadar
    BA dunyoning eng katta va zamonaviy aeroflotlariga egalik qiladi. 2007- yilda
    operatorlar yana 12 ta Airbus A380 va 24 ta Boing 787 lar ishga tushirilishi kerak
    edi 2010- yilga qadar ishga tushirilishi kerak edi. BA flotlarining umri 11,7 yilni 
    hozirga qadar tashkil qildi. 
    BA ning narx turlari quyidagicha : 
    - eng arzon (almashtirish va pulni qaytarib berish mumkin emas). 
    - egiluvchan narx (o’zgartirish va pulni qaytarib berishlar ahvolga bog’liq). 
    - BA ning to’lovlari quyidagicha farqlanadi. Masalan: 12 yoshdan yuqori yoshda 
    bo’lganlar, 2-11 yoshlilarga hamda go’dak bolalarga turli xil narxlar mavjud. 
    Chiptani sotib olish maskani: 

    Onlayn bronlash; 

    Telefon vato’g’ridan – to’g’ri bronlash bronlash orqali dunyoning eng istalgan
    nuqtasiga qadar bronlash mumkin. 
    Siljitish. Bunda kompaniya judako’plab takliflarnibergan holda ham kompaniya
    oldinga 
     
    siljitadi ham xaridorlar diqqatini o’ziga tortadi. Ulardan ba’zilari
    quyidagicha: 

    Eksklyuziv parvoz takliflari: registratsiya qilingan a’zolar uchun chipta narxi-
    ning arzonlashuvi; 

    Hamkorlar taklifi: aylanma sayohat uchish uchun, BA vizasidan foydalanish
    va qo’shimcha chiptalarning berilishi; 

    Tez- tez uchuvchi xaridorlar uchun tanlangan narxlarda (arzon) uchish im-
    koniyati; 

    Biznes mukofotlar dasturi.
    Ishning borish jarayonlari. 


    38 
     
    Bronlash amalga oshirilgach, boshqa jarayonlar juda osonlik bilan davom etadi.
    Undan so’ng iste’molchi o’z o’rinlari to’g’ri belgilanganligini kutib o’tirmay internet
    orqali tekshirishi, passport nazorati uchun to’g’ridan to’g’ri o’tishi mumkin. 
    Ko’pgina xaridorlar parvoz uchun chiptani xarid qilish va tashrif buyurishdan
    tashqari anchagina bosqichlarni bosib o’tishlarini payqashmaydi. 
    Biz chipta uchun to’laydigan pul hajmi barcha qo’shimcha xizmatlar uchun ham
    to’lanadi. 
    Ushbu xizmatning asosiy ildizi deya ma’lum bir A nuqtadan B nuqtaga uchish
    tushunilsa, ushbu jarayonga qadar amalga oshirilgan barcha xizmatlar qo’shimcha
    xizmat hisoblanadi. Quyida ushbu jarayonning amalga oshish tartibini ko’rib
    chiqamiz. 
    Birinchi bosqich - Axborot olish. Avvalo, xaridor bu jarayonni axborot
    yig’ishdan boshlaydi. Bunda u ma’lumotlarni reklamalardan internet tarmoqlari or-
    qali ham bilishi mumkin. Aviakompaniyalar uchun o’z xizmatlarini reklama qilish
    nihoyatda muhim va bunda u o’z raqobatchilaridan farqli o’laroq xaridor uchun eng
    kerakli ma’lumotlarni yetkaza olishi muhim. Bunda u o’z vebsaytini to’g’ri
    dizaynlashtirish bilan birga narxlari, yo’nalishi, vaqtlari, taklif qilayotgan imkoni-
    yatlari bilan to’liq ma’lum qilishi kerak. 
    Ikkinchi bosqich - Konsultatsiya.

    Agar iste’molchi sayohat agentliklari orqali


    chipta uchun buyurtma bersa, unda bu u uchun biroz qimmatroqqa tushadi. Sayohat
    agentliklari potensial sayyohlarning barcha savollariga javob bera olishlari kerak.
    Chunki, iste’molchilar uchun ularning pullari qayerga, nima uchun sarflanayotgani
    muhim hisoblanadi. Hozirda internet orqali xarid qilish garchi arzon bo’lsada,
    iste’molchi baribir qandaydir qo’shimcha ma’lumot uchun konsultatsiya olishni
    hohlaydi. Shunday ekan, onlayn tarzda buyurtma berayotgan xaridorlarning barcha
    savollariga munosib va to’gri javob berish uchun maxsus onlayn chatlardan foyda-
    lanish maqsadga mufofiqdir. 
    Uchinchi bosqich – Buyurtma olish.
     
    Hozirda onlayn tarzda buyurtma berish keng
    tarqalgan desak to’g’ri bo’ladi. Chunki bu nafaqat kompaniya uchun balki xaridor
    uchun ham juda qulaydir. Bunda asosiy vaqt va pul tejaladi. Biroq bu xizmatdan
    hamma ham foydalana olmaydi. Ayniqsa, yoshi katta xaridorlar bu sohada
    muammolarga duch kelishlari mumkin. Shu sababli, iste’molchilar tomonidan xodim-
    larni chaqiruv xizmati juda yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Bunday hollarda
    mas’ul xodimlar albatta yaxshi tayyorlangan bo’lishi va iste’molchilarning savollari-
    ga to’g’ri javob berishi muhim sanaladi. 
    To’rtinchi bosqich - Mehmondo’stlik.

    Iste’molchilar bilan aloqada aviatarmoqlar


    sanoatida mehmondo’stlik bu juda muhim hisoblanadi. Bu kabu hollarga quyidagilar
    sabab bo’lishi mumkin. BA o’z iste’molchilariga vaucherlar beradi. Ular bunday


    39 
     
    vaucherlardan kutish vaqtlarida foydalanishlari mumkin; restoran yoki barlarda
    ovqatlanish, ichish uchun foydalanadilar. Bu faqat qisqa muddatli kutishlarda amalga
    oshiriladi. 
    Endi agar uzoq muddatli uchish vaqti to’g’ri kelsa, yoki bir kundan ortiqroq
    qolishga to’g’ri kelsa, bunda BA aeroport yaqinidagi biror bir mehmonxonaga joy-
    lashish mumkin. Bunday qilinishidan maqsad kutish vaqtida iste’molchini zeriktir-
    maslik va bunga o’rin qoldirmaslik tushuniladi. 
    Xavfsizlikni saqlash. Samalyot transporti orqali sayohat qilish, insonlar uchun
    bir muncha noqulayliklarni keltirib chiqarganligi bois yo’lovchilar uchishdan oldin
    va keyin xavfsizlik jarayonlaridan o’tishlari lozim. 
    Undan tashqari bir necha yaqin yillar ichida terrorizm kuchayib borganligi saba-
    bli bu kabi tekshiruvlar juda uzoq vaqtni oladi. Agar bunday jarayonlarda mas’ul
    xodimlar do’stona munosabatlar bilan yo’lovchilarga yuzlansa, yo’lovchilar buni
    to’g’ri tushunishlariga olib keladi. Biroq bu kabi uzoq muddatli tekshiruvlar
    rivojlanishni to’sib qo’yishi ham mumkin. 
    To’lov ishlari.
     
    To’lov jarayoni aniq va oson bo’lishi lozim. Buning uchun har bir
    jarayon onlayn bo’lganda ham ma’lum bir standartga ega bo’lishi kerak. BA
    kompaniyasi o’zining qo’shimcha to’lovlar birlashtirilib, chipta narxi bilan
    umumlashtirgan. Bu esa unga ancha qulayliklarni keltiradi. Biroq arzon narxli kom-
    paniyalar bunda har bir qo’shimcha xizmatlar uchun alohida to’lashga majbur
    bo’lishadi. Shuningdek, yo’lovchilarga ushbu soliq to’lovlari to’g’risida qisqa va
    to’liq javob berishlari lozim. 
    To’lov asosan bronlash mobaynida onlayn kredit kartalar bilan amalgam oshiri-
    ladi. Ehtimol chipta nashr qilingach so’ralishi mumkin, qayerda yuklarni tushirgach
    to’lanadi. Sayohat firmalaridan chek yoki naqd pul orqali to’lov amalga oshiriladi.
    Barcha holatlarda ham iste’molchilar uchun nihoyatda keng imkoniyatlar yaratish
    kerak bo’lib, ular bundan noqulay vaziyatga tushib qolishmasin. Ayniqsa, turli xil
    pul birliklari bilan to’lovni amalga oshirishni tashkillashtirish ancha foydali. 
    British Airways da bronlash sistemasi.

    BA o’zining biznesi va iste’molchi xiz-


    matlarini osonlashtirish maqsadida o’z havo yo’llarida Amadeus bronlash sistemasini
    kiritdi. Bu shuni anglatadiki, BA ning barcha aeroportlari va shahardagi idoralari o’z
    sayohatlarini bronlashda ushbu tizimdan foydalanadilar. Bu sistema shuningdek, Brit-
    ish Airways ning o’z hamkorlari ya’ni Amadeus tizimidan foydalanadigan hamkorlari
    bilan o’zaro aloqalarni davomiy tarzda olib borishga yordam beradi. 



    Download 1,64 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




    Download 1,64 Mb.
    Pdf ko'rish